Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:01

"Men ichmagandim, lekin narkologning buzuq apparati meni ichgan qilib ko‘rsatdi"


Toshkent shahrida yashaydigan haydovchi, 33 yashar Sanjar Rahimovning OzodMikrofonga arz qilishicha, uni Sirdaryo viloyatida yo‘l harakati xavfsizligi inspektori ichgan holatda mashina boshqarishda gumonlab, narkologiya dispanseriga tekshirishga olib borgan.

“Ichmaganim uchun ko‘nglim to‘q, dispanserga borib uning apparatiga pufladim. Lekin, apparati meni ichgan deb 0.144 raqam ko‘rsatdi. Qayta pufladim 0.138 ko‘rsatdi. Bu apparatlaring buzuq, deb yana puflashni talab qildim. Bu safar 0,078 ko‘rsatdi. Men vrachga haqiqatan ham ichmaganimni, qon va siydikdan analiz olib tekshirishni talab qildim. Lekin ular rad qildi”, deydi haydovchi.

Guliston shahar narkologiya dispanseri apparati chiqargan ma’lumot
Guliston shahar narkologiya dispanseri apparati chiqargan ma’lumot

Sanjar Rahimovning aytishicha, shundan so‘ng inspektor va vrach protokol rasmiylashtirib, uning haydovchilik guvohnomasi, talonini qaytarib bergan va xizmat mashinasini jarima maydonchasiga qo‘ygan.

Haydovchi, Toshkentdan unga boshqa xizmat mashinasi yuborilgani uchun boshlig‘i bilan kechga qadar ish bilan yurganini, kechqurun esa Chilonzor tumanidagi narkologiya dispanseriga borib uni qayta tekshirishlarini talab qilgan:

“Meni u yerga kirgizishmadi. Faqat inspektor hamrohligida ular test qabul qilar ekan. Keyin soat 19 larda yangi ToshMIdagi respublika sud-tibbiy ekspertizasiga bordim. Borsam, yakshanba kuni ishlamas ekan. Ertasi, 15 yanvar kuni soat 9 da borib u yerda qon va siydik analizi topshirdim. 16 kuni ertalab rasmiy javobi chiqdi. Mening qonim va siydigimda umuman alkogol zarrachasi ham topilmabdi”, deydi haydovchi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Sud tibbiy ekspertiza bosh byurosi bergan ma’lumot
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sud tibbiy ekspertiza bosh byurosi bergan ma’lumot

Sanjar Rahimov Gulistonda u puflagan apparat har yili davlat standarti tekshirishidan o‘tkazib turilishi lozimligi, lekin uch yildan buyon u o‘tkazilmaganini iddao qildi.

Sanjar Rahimov bu apparatning davlat standarti tekshiruvidan o‘tganiga uch yil bo‘lganini aytadi
Sanjar Rahimov bu apparatning davlat standarti tekshiruvidan o‘tganiga uch yil bo‘lganini aytadi

Sanjar Rahimov unga nisbatan qilingan adolatsiz qarordan norozi ekanligini aytar ekan, bu haqda Guliston shahar prokuraturasiga rasman shikoyat xati bilan murojaat qilgan.

Sanjar Rahimov bilan suhbatning to‘lig‘ini quyida tinglang:

“Нарколог врач аппарати мени ичган деб хулоса берди, лекин мен ичмагандим”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:36 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG