Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2018, Тошкент вақти: 09:42

Yonib ketganlardan 31 nafari qaerdan ekani aytildi. O‘lim sababi aniqlandi (VIDEO)


Qozoq shifokorlari voqea joyida omon qolganlardan birining jarohatini tekshirmoqda.

Shaxsi aniqlangan 31 marhumning 23 nafari To‘raqo‘rg‘ondan, 8 nafari Kosonsoydan

2018 yil 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuz bergan avtobus yong‘inida halok bo‘lganlarning 29 nafari va jabrlanganlarning 2 nafari Namangan viloyatidan, jumladan, 23 nafari To‘raqo‘rg‘on, 8 nafari Kosonsoy tumanidan safarga chiqqan fuqarolar ekani ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, O‘zA xabar qildi.

Aytilishicha, shu munosabat bilan viloyat hokimi rahbarligida viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi kabi bir qator davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi komissiyasi tuzilgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat ishchi komissiyasi tomonidan mazkur tumanlarda fojia qurbonlarining oilaviy sharoitini o‘rganish, oila a’zolariga tibbiy-psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Avtobusda halok bo‘lganlarning nimadan o‘lgani aytildi

Payshanba kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobusda chiqqan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘rgangan oqto‘balik shifokorlar ularni termik kuyish tufayli qurbon bo‘lgan degan xulosaga keldi. Bu haqda O‘zA agentligi “Kazinform” axborot agentligiga tayanib xabar qildi.

“Biz kechasi bilan ishladik, o‘limga olib kelgan sabablarni aniqlash maqsadida jasadlar autopsiyasini o‘tkazdik. Patalogoanatomik o‘rganishlar odamlar bo‘g‘ilishdan emas, termik kuyishdan halok bo‘lganini ko‘rsatdi”, degan sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aset Kaliev.

Jasadlar Aqto‘be shahriga olib borildi

Aqto‘be viloyat hokimligiga tayanib, Ozodlik radiosi qozoq xizmatining xabar qilishicha, halok bo‘lgan 52 kishining jasadi 19 yanvar kuni Aqto‘be shahrida olib borilgan. Aytilishicha, sud-tibbiy ekspertizasi davom etmoqda. Biroq ko‘plab jasadlar qattiq kuygani oqibatida ularning shaxsini aniqlash qiyin kechmoqda.

31 nafarning shaxsi aniqlandi

Avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikdan 31 nafarining shaxsi aniqlandi.

Bu haqda Kun.uz prezident Mirziyoev tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiya vakiliga tayangan holda 18 yanvarda xabar berdi. Xabarda ta’kidlanishicha, shaxsi aniqlanganlarning asosiy qismi Namangan viloyatidan bo‘lgan.

Yaqin vaqtda shaxsni aniqlash ishlari yakunlanib, marhumlarning ro‘yxati e’lon qilinishi kutilmoqda.

Nashrning yozishicha, mazkur voqea yuzasidan bosh vazir Abdulla Aripov yetakchiligida tashkil etilgan prezident komissiyasi Aqto‘be viloyatida bo‘lib turibdi.

Samara -Chimkent avtoyo‘lining Qozog‘istondan o‘tadigan qismida 18 yanvarda 57 kishi borayotgan avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar odam halok bo‘lgan, 5 nafar odam yonayotgan avtobusdan qochib chiqishga ulgurgan edi.

Bu Qozog‘iston va Rossiyada so‘nggi bir yilda O‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan yagona yirik halokat emas.

2017 yilning 22 iyun kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidan o‘tuvchi Samara-Chimkent yo‘lining 946-kilometrida O‘zbekistonning 50 nafar vatandoshini olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida vatanga qaytayotgan 9 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 17 kishi turli darajada jarohatlangandi.

2017 yilning 6 oktabr kuni tongida esa Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida 55 nafar o‘zbekistonlik borayotgan avtobusni poyozd urib ketishi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonda halok bo‘lgan va jabrlangan O‘zbekiston fuqarolarining birlamchi ro‘yxatini e’lon qildi.

Halok bo‘lgan va jabrlanganlarning barchasi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi "Katta qurama", "O‘zbekiston", "Bozorboshi", "Shohidon" va Kosonsoyning "Chindavul" mahalla fuqarolari yig‘inidan bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar ro‘yxati:

1. Madraximov Xamidullo Mirzaabdullaevich 05.12.1986

2. Madraximov HabibulloMirzabdullo o‘g‘li 13.02.1991
3. Turaev Abdunazar Umaralievich 10.03.1980
4. Sulaymonov Zayniddin Jakbaralievich 12.10.1989
5. Mamadaliev Mamurjon Ahmadjon o‘g‘li 01.09.1992
6. Nishonov Otabek Anvar o‘g‘li 16.10.1990
7. Abdumo‘minov Qahramon Abdug‘afur o‘g‘li 16.12.1994
8. Nishanov Akmaljon Avazbek o‘g‘li 24.08.1996
9. Umaraliev Solijon Obidjon o‘g‘li 13.08.1995
10. Sulaymonov Olimjon Muxammadjonovich 12.09.1976

11. Xoshimbaev Nurmuhammad Kamoliddinovich 27.05.1997
12. Murodullaev Bahodir Akbarali o‘g‘li 17.07.1998
13. Qo‘chqorov Elmurod Shavkatovich 10.06.1996 14. Mirsaidov Mirzoxid Mirkomilovich 30.08.1981
15. Nazarov Ma’murjon Maxmudjonovich 27.02.1984
16. Yulchibaev Komiljon Karimovich 10.10.1980
17. Gafurov Abdulatif Abdumutalovich 03.10.1977
18. Xamraev Ibroximjon Ismailovich 20.09.1984
19. Xamraev Ibroximjon Ismailovich 20.09.1984
20. Zaripov Axmadjon Ikromovich 25.01.1980
21. Abdullajanov Ismoiljon Egamberdi o‘g‘li 14.05.1998
23. Imomadiev Voxidjon Vakosxonovich 10.07.1987
24. Esanov Abduvoxid Abdurazokovich 15.03.1979
25. Xatamov Qahramon Abdullajonovich 27.05.1986
26. Sotvoldiev Alisher Abduraimovich 14.08.1976
27. Raxmonov Omonullo O‘ktamjon o‘g‘li 17.08.1997
28. Valiev Muxammadrizo Boqiboy o‘g‘li 31.10.1996
29. Xusniddinov Muxamadin Abdurashid o‘g‘li 02.12.1998
30. Zokirov Shohrux Tohirjon o‘g‘li 07.02.1997
31. G‘ofurov Voxob Hasanovich 18.04.1986

Jabrlanganlar ro‘yxati

1. Isakov Axror Ibragimovich 14.04.1988
2. Mirzaxmedov Isroiljon Isakjanovich 10.01.1980

Avtobusdagi yong‘inda jabrlanganlar kasalxonaga yetkazilgan

Қозоғистон: Автобусдаги ёнғинда жабрланганлар касалхонага етказилган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

Qozog‘iston rasmiysi yonayotgan avtobusdan nega barcha qochib chiqishga ulgurmagani sabablarini aytdi

O‘zbekistonliklarni olib ketayotgan avtobusning yonib ketgani sababalari hozircha aniq emas, biroq bu baxtsiz hodisa bo‘lgani tahmin qilinmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz nashri Qozog‘iston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Erlan Turgumbaevga tayangan holda xabar berdi.

Rasmiyning aytishicha, avtobus yonib ketgan joyda 18 yanvar kuni tuni bilan ekspertlar tekshiruv ishlarini olib borgan. Yong‘in sabablari bo‘yicha dastlabki tekshiruv natijalari 19 yanvar kuni kechgacha ma’lum qilinadi.

Erlan Turgumbaevga ko‘ra, yong‘indan omon qolgan voqea guvohlari dastlab avtobus salonida zaharli tutun paydo bo‘lganini aytganlar.

“Buning oqibatida ko‘pchilik zaharlangan bo‘lishi mumkin va bu holat nega barcha odamlar omon qolmaganining birinchi sababi bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, eshik ochilganida kislorodga yo‘l ochilgan va avtobusning ichi birdan yonib ketgan. Bu yo‘lovchilarga salonni tark etish imkoniyatini bermagan. Bundan tashqari avtobus ichida juda ko‘p bagaj bo‘lgan. Avtobus ikki qavatli bo‘lgani uchun birinchi qavatda bagaj, ikkinchi qavatda odamlar bo‘lgan. Bagaj to‘laligicha yonib ketgan. Ya’ni yong‘in kuchli bo‘lgan”, dedi vazir o‘rinbosari.

O‘zbek elchixonasi xodimi Qozog‘istondagi fojia haqida

Ўзбек элчихонаси ходими Қозоғистондаги фожиа ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:22 0:00

XS
SM
MD
LG