Линклар

Шошилинч хабар
28 май 2018, Тошкент вақти: 07:52

Aqto‘be qurbonlari: Chindavul qishlog‘i 8 o‘g‘li bilan vidolashdi


Chindavul qishlog‘iga kiraverishga o‘rnatilgan yo‘l belgisi.

Aqto‘beda avtobus yong‘ini qurbonlarining O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi e’lon qilgan ro‘yxatda Namangan viloyat, Kosonsoy tuman, Chindavul qishlog‘idan 8 kishining ism-familiyasi bor.

Ozodlikning mobil muxbiri radiomizning sobiq muxbiri Nosir Zokir bilan 22 yanvar kuni Chindavul qishlog‘ida bo‘lib, fojia kirib borgan xonadonlarda bo‘ldi, ularning sohiblariga hamdardlik bildirdi, qishloq ahli bilan muloqot qildi.

Mobil muxbirimiz va Nosir Zokirning aytishicha, mahalliy hokimiyat a’zosi yong‘inda halok bo‘lgan oilalarga yordam ko‘rsatgan. Bunday yordam marhumlar: 34 yashar Ibrohimjon Hamroev va 38 yashar Ahmadjon Zaripovlarning xonadonlariga yordam ko‘rsatilgan.

Yong‘inda halok bo‘lgan chindavulliklardan yana biri – 20 yashar Ismoiljon Abdullajonovdir.

Ismoiljonni yaxshi tanigan, chindovullik tadbirkor Ahmadali aka Ozodlikning mobil muxbiriga bunday degan:

“Ismoiljonni yaxshi tanirdim. Uning sartaroshxonasi mening oshxonamning yonida edi. Rossiyaga ketishi oldidan sartaroshxonasini ko‘chaning narigi betiga ko‘chirdi. Kuniga 140-150 ming so‘m topardi. Men Ismoiljonga “Rossiyaga borma, gulday ishing bor, topishing ham yaxshi, Rossiyada buncha topolmaysan”, dedim. Keyin bilishimcha, uni tengqurlari Rossiyaga ketishga ko‘ndirgan. Bolalar dangasa bo‘lib ketishdi, Rossiyaga borib bir kunda boyib ketishni istaydi. Qishlog‘imizdan bir-ikki yigitlar pul jo‘natib, uyidagilar “Neksiya”, boshqa mashinalar olganiga hammaning ishi shunday bo‘ladi, deb o‘ylashadi”, degan chindavullik tadbirkor.

31 yashar Vohidjon Imomadiev Chindavulga tobutga qaytganlardan yana biri.

Mehnat faxriysi Abdusalom aka qarindoshi Vohidjon to‘g‘risida Ozodlikning mobil muxbiriga mana bunday dedi:

“Vohidjon juda muomalali, ota-bobolari ham xurmatli kishilar bo‘lgan. Qishlog‘imizning or-nomusi uchun kurashib kelgan sportchi yigitlardan biri edi. Afsuski, biz karindoshlarning qaddimiz egilib qoldi”.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan 23 yanvar, soat 13.30da (Toshkent vaqti) olingan ma’lumotga qaraganda, kunning birinchi yarmida chindavullik 8 yigitning hammasi o‘z qishlog‘ida dafn qilindi.

Quyida FVV ro‘yxatidan ko‘chirma:

23. Gafurov Abdulatif Abdumutalovich 03.10.1977 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy

24. Xamraev Ibroximjon Ismailovich, 20.09.1984, "Chindavul" MFY, raqamsiz uy

25. Zaripov Axmadjon Ikromovich 25.01.1980, "Chindavul" MFY, raqamsiz uy

26. Abdullajanov Ismoiljon Egamberdi o‘g‘li 14.05.1998, "Chindavul" MFY, raqamsiz uy

27. Imomadiev Voxidjon Vakosxonovich 10.07.1987 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy

28. Esanov Abduvoxid Abdurazokovich 15.03.1979 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy

29. Hotamov Qahramon Abdullajonovich 27.05.1986 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy

30. Sotvoldiev Alisher Abduraimovich 14.08.1976 "Chindavul" MFY, raqamsiz uy

22 yanvar kuni Chindavul qishlog‘ida bo‘lgan Nosir Zokir qishloqda ko‘rgan-eshitganlarini Ozodlikka aytib berdi.

илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00
Бевосита линк

18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irgiz tumanidan o‘tuvchi "Samara-Chimkent" avtomobil yo‘lida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 o‘zbekistonlik nobud bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG