Publitsist Sharof Ubaydullaev bilan OzodNazardagi suhbat Ahmadboyga bog‘liq so‘nggi yangilikdan boshlandi. MXX raisi Rustam Inoyatov lavozimidan bo‘shagan kuni Ahmadboy ishi bo‘yicha hibsda turgan 105 ta mashina egalariga qaytarilgani to‘g‘risida davlat televideniesi xabar qildi. Nima uchun 1 yil, 1 oy yoki 1 kun oldin emas, balki aynan Inoyatovga bog‘liq xabar chiqqan kuni chiqdi bu xabar?