Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:25

Pragada ishlayotgan o‘zbekistonlik 15 ta o‘g‘ri ushladi


O‘zbekistonlik 42 yoshli Nodir Qodirov Pragadagi oziq-ovqat do‘konlarida qo‘riqchilik qiladigan o‘nlab o‘zbekistonlikning biri. Ozodlik Nodir bilan Praga shahridagi Albert do‘konlari tarmog‘ida politsiya reyd o‘tkazib, noqonuniy ishlayotgan 18 nafar O‘zbekiston vatandoshini qo‘lga olgani haqidagi xabarlar ortidan suhbatlashdi.

AKTU.cz sayti xabariga ko‘ra, politsiya jami 36 ta supermarketda reyd o‘tkazgan. Ushlangan o‘zbekistonliklardan 10 nafariga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, sud ularni deportatsiya qilish haqida qaror chiqargan. O‘zbekistonliklar 15 kun ichida Chexiyani tark etishi lozim.

Nodir Ozodlik bilan suhbatda Pragadagi do‘konlarda qo‘riqchilik qilayotgan hamyurtlarining ko‘pchiligi "nolegal" ekani, lekin o‘zi boshqa vatandoshlaridan farqli, Chexiyada qonuniy ishlayotgani, o‘tgan bir yillik qo‘riqchilik faoliyati davomida do‘kondan mol o‘g‘irlaganlikda gumonlab, kamida 15 odamni qo‘lga tushirgani va politsiyaga topshirgani haqida faxrlanib gapirib berdi.

Нодир Қодиров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:24 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG