Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:59

“Firibgar aldadi, na mol bor, na pul!”


Uzbek banner - Open-microphone
Uzbek banner - Open-microphone

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida yashaydigan tadbirkor Mahmud Tugalov Mirzacho‘l tumanidagi “Qo‘shrabot gullari” firmasiga 100 million so‘m to‘lab, 34 bosh qoramol olish uchun shartnoma tuzgani, ammo firma rahbari ularni aldab ketganidan shikoyat qildi.

“Men bankdan 14 foizli 100 million so‘m kredit olib firmaga to‘ladim. Oradan bir yil o‘tdi, firma rahbari Abdujabbor Xudoyberdiev na qoramol berdi, na pulni qaytardi. Militsiyaga shikoyat qildim, lekin militsiya uni topishni istamadi. Prokuraturaga arz qildim, iqtisod sudiga beringlar, dedi. Men pochcham Sheroz bilan birga bitta Gazel, ikkita Damas va savdo do‘konini garovga qo‘yib kredit olgandim. Bir yildan buyon bekordan bekor kredit foizini to‘lab kelyapman, lekin firibgarni ushlashga va meni pulimni qaytarib berishga hech kim yordam bermayapti. Firibgar esa, goh Toshkentda, goh Jizzaxda yallo qilib yuribdi”, dedi Mahmud Tugalov.

“Фирибгар алдади, на мол бор, на пул!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:42 0:00
Бевосита линк

Tadbirkor imzolangan shartnoma va o‘tkazilgan pul hujjatlari nusxasini ham taqdim qildi.

"Qo‘shrabot gullari" va Mahmud Tugalov o‘rtasida tuzilgan shartnoma
"Qo‘shrabot gullari" va Mahmud Tugalov o‘rtasida tuzilgan shartnoma

"Qo‘shrabot gullari" firmasiga Mahmud Tugalov o‘tkazgan pul hujjati
"Qo‘shrabot gullari" firmasiga Mahmud Tugalov o‘tkazgan pul hujjati

Ozodlik “Qo‘shrabot gullari” firmasi boshlig‘i Abdujabbor Xudoyberdievni topishga harakat qildi, lekin uning telefoni o‘chirilgani bois, bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Abdujabbor Xudoyberdievning ukasi Mirza, akasining bu ishlaridan xabari yo‘qligini Ozodlikka aytdi.

XS
SM
MD
LG