Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:19

O‘zbek sportchilari eng ko‘p medal qozonadigan boks Olipiadadan olib tashlanishi mumkin


O‘zbekistonlik bokschilar Rioda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada 3ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza - ja’mi 7 ta medal qozonishgan edi.
O‘zbekistonlik bokschilar Rioda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada 3ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza - ja’mi 7 ta medal qozonishgan edi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiadada boksni o‘yinlar dasturidan olib tashlashi mumkin. Bu haqda XOQ rahbari Tomas Bax Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari ochilishi arafasida o‘tkazilgan qo‘mita yig‘inida ta’kidladi. Janob Bax bunga sabab sifatida Xalqaro Havaskor boks uyushmasi AIBAdagi korrupsiya va dopping-nazorati bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatib o‘tgan. O‘tgan oy AQSh "Qora ro‘yxat"iga kiritilgan​ o‘zbekistonlik taniqli ishbilarmon va metsenant G‘afur Raximov AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanlandi. Hozirda AIBA rahbariyatiga nisbatan tekshiruv boshlangan, XOQ uyushmaga moliyaviy to‘lovlarni to‘xtatgan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga ko‘ra, Buenos-Ayresda bo‘ladigan bu yilgi Yoshlar Olimpiadasi va Tokioda 2020 yilda bo‘ladigan Yozgi Olimpiada o‘yinlari dasturida boksning bo‘lishi savol ostida turibdi.

Bunga AIBA boshqaruvi, tashkilotdagi moliyaviy va doping-nazorat hamda hakamlar bilan bog‘liq muammolar sabab ekani aytilmoqda.

XOQ rahbari Tomas Bax Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari ochilishi arafasida o‘tkazilgan qo‘mita yig‘inida AIBAdagi vaziyatdan tashvish bildirdi.

- AIBAdagi vaziyat ochiq tergov qilinadi. Ungacha boksning Olimpiya musobaqalariga kiritilishi savol ostida bo‘lib turadi, - degan Tomas Bax.

O‘tgan yil noyabr oyida AIBA rahbari Ching-Kuo Vu tashkilot a’zolari bosimi ostida qallobliklarga yo‘l qo‘ygani borasidagi ayblovlar ortidan iste’fo bergan edi.

Tashkilot ustaviga muvofiq uning o‘rnini AIBA vitse-prezidenti Franko Falchinelli egallagandi.

Keyinchalik u ham bu lavozimda o‘tirishdan bosh tortdi.

Ikki hafta ilgari esa AQSh "Qora ro‘yxat"iga kiritilgan​ o‘zbekistonlik taniqli ishbilarmon va metsenant G‘afur Raximov Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanlandi.

AIBA анжуманидаги Ғофур Раҳимов нутқи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:29 0:00
Бевосита линк

AIBAning yangi prezidenti federatsiyaning noyabr oyida Moskvada bo‘ladigan qurultoyida saylanadi.

AQSh moliya vazirligi hisobotida Markaziy Osiyo mamlakatlarida giyohvand moddalarni ishlab chiqarish asosiy sohasi bo‘lgan uyushgan O‘zbek jinoiy guruhining rahbarlaridan biri deya ta’riflagan G‘afur Rahimovning uyushmaga muvaqqat rahbar etib tayinlanishi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasidagilarni ham taajublantirgan.

Britaniyada chiqadigan Guardian gazetasi AQSh "Vori v zakone" jinoiy guruhiga aloqador ko‘rgan G‘afur Rahimovning Xalqaro Havaskor boks uyushmasiga muvaqqat prezident etib tayinlanishi Xalqaro olimpiya qo‘mitasini "chuqur xavotir"ga solgani haqda yozgan edi.

2000 yilda Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiada o‘yinlariga G‘afur Rahimov sanksiyalar bois qo‘yilmagan edi.

Ozodlik Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bayonoti va G‘afur Rahimovning "qora ro‘yxat"da bo‘lishiga qaramay Xalqaro Havaskor boks federatsiyasiga muvaqqat rahbar etib tayinlangani yuzasidan AIBA matbuot xizmatiga yozma murojaat qildi, lekin hozircha biror javob ololmadi.

Boks 1904 yildan buyon Olimpiada o‘yinlari dasturida bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekistonlik bokschilar Rioda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada medallar soni bo‘yicha Kubani ham ortda qoldirgandi.
O‘zbekistonlik bokschilar Rioda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada medallar soni bo‘yicha Kubani ham ortda qoldirgandi.

O‘zbekistonlik bokschilar esa, Rioda 2016 yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada 3ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza - ja’mi 7 ta medal bilan ushbu sportda peshqadam bo‘lib kelgan Kubani ham ortda qoldirib, medallar jadvali peshqadamiga aylanishgandi.

Olimpiada o‘yinlari 2020 yilda Tokioda 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG