Линклар

Шошилинч хабар
16 август 2018, Тошкент вақти: 09:01

Mirziyoev MXXning uch generali va o‘nlab zobitlarini ishdan oldi


Rasm markazida prezident tarafidan "vatan sotqini" deb tamg‘alangan MXX sobiq generali Shuhrat G‘ulomov

9 fevral kuni Ozodlik ixtiyoriga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Milliy xavfsizlik xizmati va uning ayrim rahbarlari sha’niga bildirgan keskin ayblovlari yozilgan audioning ikkinchi qismi kelib tushdi. (Birinchi qismi bo‘yicha Ozodlik maqola e’lon qilgan) Prezidentning 19 yanvar kuni Qiziriq tumani hokimligi binosida Surxondaryo viloyati faollari bilan o‘tkazgan uchrashuvida qilingan bu nutqdan tushunilishicha Respublika MXX raisining 3 muovini va o‘nlab zobitlar MXX raisi ishdan olinishidan 11 kun oldin uning uch o‘rinbosari va MXXning viloyatlardagi 11 nafar rahbarini ham ishdan olgan.

- Uchta muovinni ishdan olib tashladim SNB ning muovinlarini. Kecha mana ikkitasiga qo‘l qo‘ydim. Sizlarda ham bittasi ishlagan Toshpo‘latov degan¸ u ham it o‘g‘ri. Bilasizlarmi¸ men halol xalqqa xizmat qilishga kelganman. Bu yerda men noinsoflarni bilaman. Yerga qarab yurganlarning qanday o‘g‘riligini. Hali hammasi joy – joyiga tushadi shuni bilinglar. Hokimni to‘rtta vakili¸ mening vakilim. Qo‘rqmang hech qaysing. U zamon tugadi endi. Bularga ota -buvasidan qolgan vakolat yo‘q. Hech kimmas bular. Bularni g‘o‘dayishlari bizning davlatga juda og‘ir tushdi. Sizlarda ishlab ketgan bitta noinsof vatan hiyonatchisi bo‘lib mana butun umr qamoqqa tushdi. G‘ulomov degan noinsof. (2017 yilgacha O‘zbekiston MXX raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan O‘zbekiston qaxramoni Shuhrat G‘ulomov haqida gap ketmoqda.Taxr) O‘shaning ildizlari bor bu yerda haliyam bor. Shuning uchun bularning ildizlarini Toshkentda o‘rganib kelib hammasini ishdan oldim¸ deydi g‘azab bilan Mirziyoev.

Мирзиëев МХХнинг уч генерали ва ўнлаб зобитларини ишдан олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:01 0:00

"Bunday xizmatning bahridan o‘taman"

Mirziyoevning MXX haqida Qiziriq tumanida 19 yanvar kuni aytgan ammo hozircha jamoatchilikka rasmiy matbuot orqali taqdim etilmagan gaplari Ozodlik suhbalashgan MXX podpolkovnigi nazarida “Xizmatning 25 yillik faoliyatini salbiy baholagan qattiq dashnomi” bo‘ldi.

"Davlatni sotgan it o‘g‘ri SNBchilar Surxondaryoda ot o‘yin qilgan"

Ozodlikda e’lon qilinayotgan bu audioyozuvda Shavkat Mirziyoev Milliy xavfsizlik xizmatining yillar davomidagi faoliyatini Surxondaryo viloyatini misol qilib nihoyatda qattiq g‘azab bilan gapiradi:

“Mana men bugun Boysun Milliy Xavfsizlik idorasining kattasi mayor Eshquvvatov Sunnatillo Ravshanovich degan g‘o‘daygan itni ishdan oldirdim. Nimaga desangiz Milliy Xavfsizlik o‘zini joyini bilsin¸ o‘zini ishi bilan shug‘ullansin. Milliy xavfsizlik butun Surxondaryoni o‘ldirgan. Ikkita uchta sotqinlar¸ davlat sotqinlari bu yerda ishlab hamma yerni o‘ldirgan. Shuning uchun men hammasidan o‘zim habardorman. Mana qaror qabul qildim. Angor tuman MXX rahbari Abdumo‘minov Bahromni ishdan olish haqida. Adliya kapitani¸ tergov bo‘limi boshlig‘i Berdimuhammedovni ishdan oldim. Hammasi bular Surxondaryoni bir paytlar ot o‘yin qilib tashlagan. Hamma tizimga arlashgan. Moy zavodi ularniki edi¸ o‘zimam bilardim buni. Don kombinati va boshqa butun tirik tashkilotlarni bu noinsoflar kirib harom qilib tashlagan ana shu oldingi sotqinlar. Bir ikkitasi Toshkentda yuribdi ertaga borib uni ham ishdan olaman. (Bu gapdan ikki kun o‘tib Surxondaryo MXXB tergov boshqarmasining sobiq boshlig‘i Nodir To‘raqulov hibsga olindi.taxr) Shuning uchun mana polkovnik Haydarov. Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari. VMSGP deb yozadi¸ aslida bularni hammasi sotqin. Mana¸ men bugun hammasini ishdan oldim¸ degan edi O‘zbekiston prezidenti.

"Pogonni kim bergan bu noinsoflarga?"

Qiziriq tumanidagi majlisda gapirayotgan Mirziyoev kimgadir murojaat qilib hammaga yetkazib qo‘y bu gaplarni deydi. Tak tochno degan javobni eshitgandan keyin Mirziyoev gapini yana kuchliroq ohangda davom ettiradi:

"Sizlar boshqa hayotda yashaysizlar¸ oyog‘ing yerdan uzilgan. Hammang majlisga kelib o‘tirasan. Tuman majlisi bo‘lsa ham bir yerini pisib majlisga kelib o‘tirsin. Bo‘lmasa tarqatib yuboraman sizlarni¸ yopib tashlayman. Menga bundan xizmat kerak emas. Hammang poraxo‘rlik qilib hamma erni sharmanda qilib yuribsan. Ponyatno Yusupov. Gospodin? (Tak¸ tochno degan ovoz keladi pastdan)

"U zamonlar tugadi!"

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev Qiziriq tumanida qilgan nutqida kamida to‘rt marta u zamonlar tugadi deb ta’kidlaydi. Karimov zamonimi yoki Inoyatov hukmronligi nazarda tutilgani mavhum qoladi:

"Milliy xavfsizlik bizga kerak¸ adolatli halol pok odamlar kerak bizga. Bizga hokimni va boshqa davlat organlarini orqasidan poylaydigan xizmat kerak emas. Bo‘ldi u zamon tugadi!! Qo‘ldan kelmasa vallomatini ham ishdan olaman. (Shu gapdan 11 kun o‘tib MXX raisi Inoyatov ishdan olindi.taxr) Mana shuni bilinglar hammalaring. Davlat davlatchiligini qiladi. Hamma o‘z ishi bilan shug‘ullansin. Ularga bunday huquqni bergan bo‘lsa oldingi rahbarlar. Endi undaqa rahbarlar yo‘q. Pogonni kim bergan bu noinsoflarga? Xalq bergan¸ deya gapiradi Mirziyoev 19 yanvar kuni Qiziriq tumani hokimligi binosida qilgan chiqishida.

Bu gaplardan 11 kun o‘tib Prezident Mirziyoev 31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovni ishdan oldi.

Nima bilan tugashi ma’lum bo‘lgan film?

Ismi aytilmaslik sharti bilan Ozodlik bilan suhbatlashgan MXXning podpolkovnik rutbasidagi zobitining aytishicha “Kontoradigalar uchun Rustam Rasulovichning ketishi o‘tkan yilning dekabr oyidayoq ayon bo‘lgan”

Uning yana aytishicha¸ shu kunlarda “O‘zbekiston MXX tizimlarida keng ko‘lamli tozalash” ketmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev 31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishini o‘tkazib, idoraning ayrim bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyatini tanqid qilgan edi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan bo‘lsa ham tafsilotlarni ochiqlamagan.

MXX qarorgohida bo‘lib o‘tgan majlisda davlat rahbari Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidlagan.

Matbuot xizmati tarqatgan habarga ko‘ra¸ joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonuni ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev MXXni ilk bora o‘tgan yil dekabrida salbiy tarzda o‘z nutqida eslagan edi.

22 dekabrda O‘zbekiston hukumati va parlamentining qo‘shma yig‘ilishida ilk bor ma’ruza qilgan prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatdagi huquq-tartibot organlari, jumladan, Milliy xavfsizlik xizmatini tanqid qilgan edi.

XS
SM
MD
LG