Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:48

Bosh prokuratura tergovchilari Soliq va Bojxona qo‘mitalarida tekshiruv boshladi


O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston bosh prokuraturasi tergovchilari Davlat soliq qumitasida keng ko‘lamli tekshiruv boshladi. Soliq qo‘mitasi mulozimlaridan ko‘rsatmalar olinmoqda va hujjatlar muhrlanmoqda.

Ozroq miqyosda, biroq o‘xshash tekshiruvlar Davlat bojxona qo‘mitasida ham olib borilmoqda.

Ozodlik ismlarini sir saqlash kafolati bilan soliq, ichki ishlar va bojxona mulozimlari bilan bu borada aloqada bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligidagi Ozodlik manbasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi bosh binosining atrofi qattiq nazoratga olingan.

Uning aytishicha, bino atrofiga bir nechta yengil va harbiy askarlarni tashishda ishlatiladigan yuk mashinalari joylashtirilgan.

31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmatining qudratli rahbari Rustam Inoyatov lavozimidan chetlashtirilgach, uning qudasi Soliq qumitasi raisi Botir Parpiev uzra qora bulutlar paydo bo‘ldi,” dedi tekshiruvlar haqida birinchi bo‘lib xabar tarqatgan jurnalist Sergey Yejkov.

General Botir Parpiev
General Botir Parpiev

O‘zbekiston bosh prokuraturasi xodimining Ozodlikka maxfiy ravishda bildirishicha, O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasining boshlig‘i, general Botir Parpiev bir necha kundan buyon shifoxonada davolanmoqda.

Jarayondan xabardor soliqchining Ozodlikka aytishicha, prokuratura va Hisob palatasi o‘tgan haftada Soliq qumitasida boshlagan rejali tekshiruv davomida ko‘p million dollarlik (dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 70 milliard so‘m) kamomadni aniqlagan va natijada tekshiruv ko‘lami jiddiylashib ketgan.

O‘zining maxfiy manbalariga tayangan holda xabar tarqatgan "Uzmetronom" sayti dastlab 20 kishidan iborat “tergovchilar desanti” 65 kishiga yetgani haqida yozdi.

Saytga ko‘ra, tekshiruvdan ko‘zlangan maqsad soliq tekshiruvlarini amalga oshirish jarayonida ehtimoliy jinoiy va korrupsion sxemalarini aniqlashdan iborat.

Tekshiruvlar 15 aprelgacha davom etishi va natijalar Prezident Mirziyovga taqdim etilishi aytilmoqda.

28 dekabrda Ozodlik Botir Parpievning oktabr oyida iste’foga chiqishni so‘rab prezident nomiga ariza topshirganini xabar qilgandi.

Davlat soliq qo‘mitasidagi mulozimning aytishicha, olib borilayotgan tekshiruvlar natijasida, hech bo‘lmaganda, soliqchilar soni yanada qisqartirilishi mumkin.

2017 yil avgust oyida Prezident Mirziyov qarori bilan minglab soliqchi ishdan bo‘shatilgandi.

2017 yil 1 avgust kuni imzolangan prezident qaroriga ko‘ra¸ soliq xizmati jami xodimlari soni 12 131 nafar, markaziy apparat boshqaruvidagilar soni esa¸ 263 nafar etib belgilangandi.

Kichikroq qo‘lamda biroq o‘xshash tekshiruvlar Davlat bojxona qo‘mitasida ham borayotir.

Ozodlikning bu idoradagi manbasiga ko‘ra, tekshiruv natijasida Bojxona qumitasi moliya vazirligiga o‘tadi, degan gap-so‘zlar bolalagan.

Shu bois tizimda ko‘p yillar xizmat qilgan xodimlar nafaqaga chikish harakatida. Bugungacha taxminan 266 ta xodim uz xohishi bilan ishdan bo‘shashni so‘rab ariza yozgan. Qumita markaziy apparatida kiskartirish ishlari olib borilmoqda,” deya ma’lum qildi Bojxona xodimi.

Jurnalist Sergey Yejkovga ko‘ra, O‘zbekiston rahbariyatida, haqiqatan ham, xuddi Yaponiyada mavjud tizimga o‘xshash Bojxona va Soliq qumitalarini Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazish g‘oyasi mavjudligini aytdi.

XS
SM
MD
LG