Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 00:01

Omon Matjon: Endi inson qadri ham avvalgilarga o‘xshamas


Omon Matjon va Sherali Jo‘raev
Omon Matjon va Sherali Jo‘raev

O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 14 fevral kuni 75 yoshga to‘ldi. Ozodlik bilan qisqa suhbatda shoir o‘z o‘quvchilari va Ozodlik tinglovchilariga shoirni unutmaganlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Shoir aynan fevral oyida tug‘ilganidan mamnunligini aytadi:

- Mana 9 fevralda ulug‘ Alisher Navoiy tug‘ilgan¸ hazrati Bobur 14 fevralda tavallud topgan. Men ham shular qatorida fevralchiman, deydi shoir. Suhbat asnosida shoir umrida faqat ikki muxammas yozganligini esladi:

- Shulardan biri Ogahiyning “Ustina” degan g‘azaliga yozilgan bo‘lsa, ikkinchisi esa Navoiyning “O‘xshamas” g‘aqaliga yozilgan. Shu ikkinchisi shu kunlar ruhiga ham to‘g‘ri keladi, deydi 75 yoshni qarshilagan shoir.

Charx avzoyi bu dam avvalgilarga o‘xshamas,

Ko‘nglum ichra dardu g‘am avvalgilarga o‘xshamas,

Kotibu davru raqam avvalgilarga o‘xshamas,

Endi inson qadri ham avvalgilarga o‘xshamas...

Омон Матжон: Энди инсон қадри ҳам аввалгиларга ўхшамас
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:22 0:00

Omon Matjon 60-yillardan boshlab matbuotda o‘z she’rlari bilan ko‘rina boshladi. Keyinchalik shoirning she’rlari uning «Ochiq derazalar» (1970) «Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1973), «Yonayotgan daraxt» (1977) «Yarador chaqmoq» (1979), «Haqqush qichqirig‘i» (1979) «Seni yaxshi ko‘raman» 1983), «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) kabi to‘plamlaridan o‘rin olgan.

XS
SM
MD
LG