Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:05

OzodDayjest: Rahbarlarga oyiga kamida bitta kitob o‘qish majburiyati yuklandi


Navoiy asarlari to‘plami (illyustrativ surat).
Navoiy asarlari to‘plami (illyustrativ surat).

Matbuot va axborot agentligidagi yetakchilarga har oy kamida bitta kitob o‘qish shart qilindi. Qashqadaryolik tadbirkor “Kaptiva”sida butun Yevropani aylanib chiqdi. O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov so‘nggi 25 yil ichida o‘zbek qo‘shiqchiligida xorijiy ohanglar kuchayib ketganini tanqid qildi.

_____________________________________________________________

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimi rahbarlariga har oyda kamida bitta kitob o‘qish majburiyati yuklandi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbariyati, viloyatlar boshqarmalari va tizimdagi nashriyotlar rahbar-xodimlariga har oyda kamida bitta badiiy asar o‘qish majburiyati yuklandi (“Hurriyat”, 14 fevral). Bu borada agentlik bosh direktorining buyrug‘i chiqqan. Buyruqqa ko‘ra, har bir rahbar oyning oxirgi shanbasida o‘zi ishlayotgan idora saytida o‘qigan kitobi haqidagi taassurotlarini e’lon qilishi lozim. Matbuot va axborot agentligi mamlakatdagi 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi, 130 dan ziyod nashriyot va 1800 ga yaqin bosmaxonada faoliyat yuritayotgan minglab rahbarlarni ham ushbu tashabbusda faol bo‘lishga da’vat etgan.

Qarshilik tadbirkor “Kaptiva”sida 45 kun ichida butun Yevropani aylanib chiqdi

Qashqadaryolik xususiy tadbirkor Sunnat Ibatov “Kaptiva” avtomobilida 45 kun davomida Yevropa davlatlarini aylanib chiqdi (“Darakchi”, 15 fevral). Rafiqasi bilan “asal oyi”ga otlangan tadbirkor Qarshidan Yevropagacha 25 ming kilometr yo‘l bosgan va 3500 tonna benzin sarflagan. Sayohat davomida qarshilik oila Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Polsha, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Litva kabi mamlakatlarning o‘nlab shaharlarini ziyorat qilgan. Avvalroq O‘zbekistonning boshqa bir vatandoshi – Konstantin Bushaev “Cobalt” mashinasida Qozog‘iston, Rossiya, Belarus osha Yevropa mamlakatlariga sayr qilgani haqida xabar berilgan edi.

Abduhoshim Ismoilov: So‘nggi 25 yil ichida o‘zbek san’ati juda ortda qoldi

O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov so‘nggi chorak asrda o‘zbek qo‘shiqchiligida turk, arab, hind, ozarboyjon kabi millatlar ohanglar kuchayib ketganini tanqid qildi. “Tan olish kerak, so‘nggi 25 yil ichida o‘zbek san’ati juda ortda qoldi. Darajasi, saviyasi tushib ketdi. Uch kunlik “ijod” mahsullarining ko‘paygani so‘zim isboti. Rivojlangan zamonning texnika mo‘’jizasi hammani “xonanda” qilib qo‘ydi”, degan taniqli sozanda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida. A. Ismoilov o‘zbek milliy qo‘shiqchiligini xorijiy ohanglar bilan to‘ldirib tashlagan musiqa bezakchilarini “yamoqchilar” deb atagan. “Bundan buyog‘iga o‘zbek musiqasini arzon qo‘shiqlardan xalos etishimiz shart”, degan u.

XS
SM
MD
LG