Линклар

Шошилинч хабар
11 декабр 2018, Тошкент вақти: 18:40

Googlening yangi sun’iy intellekt algoritmi yurak xastaliklarini bashorat qila oladi


Google va unga tegishli Verily tibbiyot shirkati xodimlari kishilarda yurak xastaligi xavfini baholashning yangi uslubini aniqladi.

Yangi dastur haqida 19 fevral kuni Biomedical Engineering jurnali maqola chop etgani haqda theverge.com sayti xabar qildi. Tadqiqot natijalari haqida ilk marotaba o‘tgan yilning sentabrida e’lon qilingan edi.

Kishilarda yurak xastaligi xavfini baholovchi dastur bemor ko‘zi orqasi skanlarini tahlil qilib, uning yoshi, qon bosimi hamda chekish-chekmasligini aniqlay oladi. Ushbu ma’lumot asosida bemorda yurak xuruji sodir bo‘lishi ehtimolini aniqlash mumkin. Yangi dastur xastalik ehtimolini aniqlashda hozirda qo‘llanilayotgan yetuk uslublardan qolishmaydi.

Algoritm shifokorlar bemorning yurak-tomir xastaligiga chalinishi xavfini aniqlashini osonlashtiradi. Ammo dasturdan amalda foydalanishni boshlashdan oldin uni ko‘proq sinovdan o‘tkazish kerak.

Sun’iy idrokli dasturni tayyorlash uchun Google va Verily olimlari 300 mingga yaqin bemor kasallik tarixini mashina o‘rganishi uslubi bilan tahlil qilgan. O‘rganilgan ma’lumotlar ichida ko‘z skanlari hamda umumiy tibbiy ma’lumot bo‘lgan. So‘ngra ma’lumot ichidagi o‘zaro bog‘lanishlar aniqlangan. Xususan, yurak xuruji ehtimolini aniqlashda lozim bo‘lgan belgilar va ko‘z skanlari o‘rtasidagi aloqa o‘rganilgan.

Ko‘zlarni tahlil qilib kishi sog‘lig‘iga baho berish g‘oyasi yangi emas. Ko‘zning orqa devori qon tomirlariga boy bo‘lib, ular yordamida tananing umumiy sog‘lig‘iga baho berish mumkin. Shifokorlar bu tomirlarni kamera va mikroskop yordamida tahlil qilib, kishining qon bosimi, yoshi va chekish-chekmasligini aniqlay oladi. Bu ma’lumot esa yurak-tomir tizimi xastaliklarini bashorat qilishda muhim rol o‘ynaydi.

XS
SM
MD
LG