Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:59

Olimlar: Qizil vino tish va milk xastaliklari oldini oladi


Qizil vino sog‘liqqa foydali ekanligi haqida ko‘p yozilgan. Jumladan, ayrim izlanishlarga ko‘ra, qizil vino yurak ishlashini yaxshilaydi va qandli diabet oldini oladi.

Journal of Agricultural and Food Chemistry jurnaliga tayanib, go.newsfusion.com nashrining xabar qilishicha, yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, qizil vinoda tish chirishi hamda parodontit, ya’ni milk xastaligi oldini oluvchi moddalar bor.

Izlanuvchilar vino tarkbidagi polifenol deb nomalanuvchi birikmalar og‘izdagi zararli bakteriyalarga qarshi kurashishini aniqladi.

Ammo izlanish mualliflari bir vaqtning o‘zida bu degani ko‘proq qizil vino ichish kerak, degani emasligi haqida ogohlantirdi.

Bundan oldingi izlanishlar polifenollar antioksidant xususiyatlariga ega ekanligini ko‘rsatgan edi.

Keyingi yillardagi izlanishlar esa polifenollar tanadagi «foydali» bakteriyalar bilan ham ishlashib, tana sog‘lig‘ini yaxshilashini ko‘rsatdi.

Navbatdagi izlanish mualliflari qizil vinodagi polifenollar tishga yopishib, tish toshi shakllanishiga hamda milk xastaligiga olib keluvchi bakteriyalarga qanday ta’sir qilishini o‘rganishgan. Ular o‘z tajribalari davomida polifenollar bakteriyalarning tishga yopishish qobiliyatini susaytirishi kuzatishgan. Og‘izdagi Streptococcus dentisani beziyon bakteriyasi bilan birlashtirilganda polifenollar yanada yaxshi natija ko‘rsatgan.

Izlanish mualliflari ushbu natija yangi davolash uslublariga olib kelishi mumkinligini aytishdi. Ammo ular polifenollarning ushbu xusuyatlarini hali klinik sinovlardan o‘tkazilmaganini qo‘shimcha qilishdi.

XS
SM
MD
LG