Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:27

Karimov davrida yopilgan o‘zbek-tojik chegara punktlari ochishga shay qilib qo‘yildi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga safari arafasida ikki davlat chegarasidagi barcha nazorat o‘tkazish punktlari ochishga tayyorlanib, ularga elektr quvvati va suv o'tkazilgan. Shuningdek, ikki davlat vatandoshlari uchun bu punktlarda zarur sharoitlar yaratilgan.

Sug‘d viloyat bojxonasi rahbari Bahrom Ismatulloevning Ozodlikka aytishicha, chegaradagi o'tish nuqtalari faoliyatini tiklash maqsadida tashkil etilgan Tojikiston va O'zbekiston qo'shma komissiyasi samarali ishlamoqda, hozirgi kunda o‘tkazish punktlarida tiklash ishlari nihoyasi yetgan.

So‘g‘d viloyati bojxonasi mulozimi va qo'shma komissiya a’zosi Ahmadjon Boboevga ko'ra, Tojikiston va O'zbekiston o'rtasidagi protokol asosida Konibodom tumanidagi “Ravot”, Istaravshan shahridagi “O'ratepa”, “DEU-58”, Zafarobod tumanidagi “Zomin” va Asht tumanidagi “Navbunyod” nazorat-o'tkazish maskanlari ta’mirlanib, foydalanish uchun tayyor bo'lgan.

“Qo'shma komissiyadagi ishchi gurhning taklifi asosida o'tish nuqtasida vagon-uy o'rnatib, elektr va suv o'tkaziladi. Yo'lovchilarni tekshirish va bolali ayollar uchun zaruriy sharoit yaratiladi. Shuningdek, veterinar va fitosantariya nuqtalari yo'lga qo'yilgan”-dedi Ahmadjon Boboev.

So‘g‘d viloyatining O'zbekiston bilan chegaradosh mintaqalarida 12ta chegara nazorat punkti mavjud bo'lib, bundan o‘n yil oldin Mastchoh tumanidagi “Fotehobod” va Tursunzoda tumanidagi punktlardan boshqasi yopilgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu oyda Tojikistoning Konibodom va Spitamen O'zbekistoning Beshariq va Bekobod tumanilaridagi “Patar-Andaxon” va “Sarband” o'tish punktlari ochilgandi.

Hozir ushbu tumanlar aholisi vizasiz 5 kun davomida 30 kilometrdan uzoq bo'lmagan ikki davlat o'rtasidagi mintaqalarga o'tish imkoniga ega bo'lgan.

18 fevral kuni O‘zbekistonning Samarqand viloyatini Tojikistonning So‘g‘d viloyati bilan bog‘lab turuvchi Jartepa- Sarazm chegara o‘tish nuqtasidagi ulkan devor tojik va o‘zbek chegarachilari delegatsiyalari ishtirokida buzilib tashlandi.

Tojikiston xalqi orasida “Islom Karimov devori” nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu to‘siqning balandliki 3 metr va uzunligi 10 metrdan ortiqdir. Bu devor 2010 yilda O‘zbekiston tomonidan qurilgandi.

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining umumiy uzunligi 1332,9 kilometrini tashkil etib, bugungi kunda ikki davlat mamlakatning 60 kilometrlik chegarasi muvofiqlashtirilmagan.

XS
SM
MD
LG