Линклар

Шошилинч хабар
10 декабр 2018, Тошкент вақти: 01:16

Farg‘onada yana bir bola - 2 yoshlik go‘dak bedarak yo‘qoldi


2 yoshli Muhammadsodiq 7 mart kechqurungi 6 atrofida uyi eshigining tagida yo‘qolib qolgan.

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri militsiyasi 7 mart kuni bedarak yo‘qolan 2 yoshli Muhammadsodiq No‘monjonovni qidirmoqda. Quvasoy Ichki ishlar bo‘limi yo‘qolgan bolani ko‘rgan-bilganlardan ma’lumot berishni so‘ramoqda, bunday ma’lumot uchun suyunchi puli ham va’da qilmoqda. Muhammadsodiqning qarindoshlaridan biri Ozodlikka bola 7 mart kechki soat 6 lar atrofida hovlisi oldidan yo‘qolib qolganini aytadi.

Bolasi yo‘qolgan Ulug‘bek No‘monjonovning qo‘shnilaridan biri Ozodlik bilan suhbatda, 7 mart kuni kechqurun bolaning onasi katta farzandlari bilan baliq yegani restoranga otlanar ekan¸ yashar Muhammadsodiqni darvoza oldida qo‘yib, kiyingani ketganini aytadi:

- 15 minutda so‘ng chiqib qarasa bola yo‘q. Hozir bir sutka bo‘layapti boladan darak yo‘q. Bolani militsiya bilan birga tinimsiz qidirishayapti. Quvasoy shahri, qo‘shni tumanlardagi gavjum joylar, hatto yonimizdagi kasalxona va o‘likxonalargacha izlashdi, biroq bolaning daragi chiqmayapti, - deydi ismi sir qolishini istagan qo‘shnilardan biri.

Quvasoy Ichki ishlar bo‘limi xodimlardan biri Ozodlikka yo‘qolgan bolaning uyidan 50 kilometr radiusdagi har bir kvadrat metr joy tekshirilayotganini bildirdi:

- Uyining oldidan ariqcha oqib o‘tadi. Shu ariqni ham tekshirdik bola yo‘q. Qidiruv davom etayapti. Qo‘shni tumanlar militsiyasi ham jalb etilgan, - dedi o‘zini tanishtirmagan IIB xodimi.

2 yoshli Muhammadsodiq No‘monjonovning 2017 yil dekabr oyida tushgan surati.
2 yoshli Muhammadsodiq No‘monjonovning 2017 yil dekabr oyida tushgan surati.

Farg‘onada o‘tgan oy 5 yashar qizchaning o‘lik holda topilgani haqidagi xabarlardan viloyat aholisi junbushga tushgan edi.

Oltiriq tumanidagi bu voqea viloyatda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlar urchishiga sabab bo‘lgan.

Quvasoyda 2 yoshli bolaning yo‘qolib qolishi bu farazlarni yana ham kuchaytirdi¸ deydi Ozodlik gaplashgan quvasoylik ayol:

- Qizchaning onasi Zamira opa ham bolasini o‘g‘rilar olib ketgan, degan gumonda. 2 yoshlik bola uzoqqa yurolmaydiku - deydi Muhammadsodiq oilasiga yaqin ayol.

Quvasoy shahar Ichki ishlar bo‘limi rasmiysi Muhammadsodiqning yo‘qolishi Quvasoyda bola yo‘qolishi bilan bog‘liq yagona holat ekanini aytib¸ ortiqcha vahimalarga hojat yo‘qligini ta’kidladi:

- Bola yo‘qolib qolgan. O‘g‘irlangan deyishga hozircha qo‘limizda asos yo‘q. Bolani qidirayapmiz, ko‘rgan-bilganlar 373-12-02 telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, bizga ma’lum qilishlarini so‘raymiz, - dedi IIB xodimi.

Bolalarning yo‘qolib qolgani haqidagi xabarlar¸ ayni paytda Farg‘onada ko‘plab ota-onalarni hushyor torttirgan.

Noma’lum erkakning qizchani olib ketayotgani kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.
Noma’lum erkakning qizchani olib ketayotgani kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Fevral oyida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 5 yashar Kibriyoxon ismli qizcha o‘g‘irlangan, keyinchalik uning jonsiz jasadi u boradigan bog‘chadan 8 kilometr naridagi Oqbo‘yra qishlog‘idan topilgan edi.

Hozirgacha bu voqea yuzasidan borayotgan tergov tugamagani iddaosi bilan¸ ichki ishlar tizimi rasmiylari¸ jamoatchilikka uning tafsilotlarini e’lon qilgani yo‘q.

Ozodlik bilan suhbatda o‘lik holda topilgan qizaloq yaqinlari¸ Oltiariq tuman ichki ishlar bo‘limi tergovchilarini¸ ishni qotillik emas¸ balki "baxtsiz tasodif" sifatida yopishga urinayotganlikda ayblagan edi.

XS
SM
MD
LG