Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2018, Тошкент вақти: 14:31

"Qama-qama"larni “Mirziyoev lyustratsiyasi”deb atash mumkinmi?


Ozodlikning “Qurultoy” eshittirishida MXX zobitlari va prokurorlarning qamalishini “Mirziyoevning lyustratsiyasi" deb aytish mumkinmi¸ degan savolga javob izlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 16 fevral kuni Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida “pogon kiygan noinsoflar otbozor qilgan” tuzumni o‘zgartirishga bel bog‘laganini bildirgani ortidan o‘tgan 20 kun ichida MXX va prokuraturadagi o‘nlab yuqori lavozimli amaldor qamaldi.

Prezident nutqida mamlakatni “pogon kiyganlar zulmidan qutqarish” va’dasi berilgan edi.

“Bu tashkilot (MXX-tahr) quturgan it edi. Xohlagan odamni nima qilsa, qilardi. Kerak bo‘lsa, stolbani ham borib qamardi. Adolat baribir o‘rnatamiz, mana uch-to‘rttasini jilovini ushlab ichkariga kirgizuvdik, o‘n kun bo‘lgani yo‘q, kim topshiriq bergan, nima qilgan bulbulday sayrayapti”, degan edi Shavkat Mirziyoev 16 fevral kuni Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida viloyat faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda.

МХХ зобитларари ва прокуроларнинг қамалишини “Мирзиëевнинг люстрацияси”деб аташ мумкинми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:54:46 0:00

- Prezidentning bu nutqidan keyingi “tozalash” jarayoni siyosiy lug‘atda lyustratsiya deb ataladi¸ ammo men bu holatni lyustratsiyaning boshlanishi” deya ko‘rayapman¸ deydi “Qurultoy”da qatnashgan Amerika Ovozi muxbiri Navbahor Imomova.

Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomov davra suhbatida:

- Mirziyoev o‘z iqtidori uchun maydon hozirlamoqda. Bu maydon, buyuk ehtimolda, Mirziyoevning avtoritar boshqaruvi uchun hozirlanmoqda” deya fikr bildirdi.

Toshkentlik blogger Botir Hasanov:

- O‘zbekiston xalqi mentaliteti Singapur va Gruziyadagi kabi lyustratsiya qonuni qabul qilinib, mamlakatni korrupsiyadan birdan tozalashga tayyor emas, deb ta’kidlasa-da¸ “yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qolishi” tarafdori emasligini qo‘shib o‘tdi.

- Asta sekinlik bilan¸ bosqichma -bosqich tozalash kerak. Bu jarayonda Mirziyoev xuddi gangrena bo‘lgan oyoqni kesishga qarorli bo‘lgan jarroh kabi qat’iy va ehtiyotkor harakat qilishi kerak¸ deydi Hasanov.

Jurnalist Navbahor Imomova bunday qarash bilan bahslashib¸ o‘zbeklar Boltiqbo‘yi¸ Germaniya¸ Chexiya va Gruziyadagi kabi mutlaq lyustratsiyaga tayyor¸ degan fikr bildirdi.

Imomova nazarida¸ mamlakatdagi yuz minglagan (aniq soni e’lon qilinmagan - tahr.) militsiya va MXX zobitlarini umrbod davlat boshqaruvi, matbuot va maorif tizimida ishlamaydigan qilib "pattasini qo‘liga tutqazish"ga o‘zbek xalqining kuchi va yangi o‘zbek boshqaruvining siyosiy irodasi etadi.

"Qurultoy" yakunida siyosiy tahlilchi Ilhomov¸ "eski tizim metodlari bilan yangi jamiyat qurib bo‘lmaydi. Yangi adliya tizimi barpo qilinishi lozim»¸ degan xulosaviy fikrni bildirdi.

XS
SM
MD
LG