Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2025, Тошкент вақти: 04:09

“Sudning aybi bilan oilam ko‘chada qolishi mumkin”


Uzbek banner - Open-microphone
Uzbek banner - Open-microphone

OzodMikrofonga murojaat qilgan namanganlik 56 yashar Olimjon G‘afurovning aytishicha, uning ko‘rgiliklari ildizi 2015 yil dekabriga borib taqaladi.

O‘shanda Olimjon Namangan shahar, 10- Taraqqiyot ko‘chasi, 4- uyni 12 100 dollarga sotib olgan va uyga ko‘chib kirgan. Oradan ko‘p o‘tmay, bir hamshahri xuddi shu uyni sotib olganini da’vo qilib keladi va hanuz davom etayotgan mojaro boshlanib ketadi.

“Суднинг айби билан оилам кўчада қолиши мумкин”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:46 0:00
Бевосита линк

O‘shandan beri, Olimjonning aytishicha, uyni sotgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, sud uni 4 yilga ozodlikdan mahrum qilib, amnistiya qo‘lladi va javobgar 2017 yilning kuzida jazo muddatini o‘tab ham bo‘ldi.

Olimjon G‘afurovning shikoyati mag‘zi budir: sud uyni ikki kishiga sotgan odamni jazolar ekan, uyni unga emas, balki ikkinchi xaridorga o‘tkazib berish to‘g‘risida qaror chiqargan.

“Sotuvchi ishini ko‘rgan Jinoyat ishlari bo‘yicha sud bunday qaror chiqarmasligi kerak edi, uy masalasi boshqa sudda – Fuqarolik sudida ko‘rilishi lozim bo‘lgan ish edi”, deb zorlandi Olimjon G‘afurov.

Uning aytishicha, shikoyat qilib Oliy sudgacha borgan, lekin ish hanuz yechimsiz qolmoqda. MIB xodimlari esa, 5 kishidan iborat g‘afurovlar oilasidan uyni bo‘shatib qo‘yishni talab qilmoqda.

OzodMikrofon eshittirishi, o‘z formatidan kelib chiqib, Olimjon G‘afurovning shikoyatinichuqur o‘rgangani yo‘q va shuning uchun ham bu ishni ko‘rib chiqqan sudlarning qaroriga shubha qilishga asosi yo‘q.

Lekin Olimjon G‘afurovning ishonch bilan iddao qilishicha, ish ko‘rilar ekan, uning huquqlari buzilgan va ish qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Shuning uchun Olimjon G‘afurov bilan o‘tkazilgan suhbatni e’tiboringizga havola qilishga qaror qildik.

Eslatma:

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

XS
SM
MD
LG