Линклар

Шошилинч хабар
08 декабр 2023, Тошкент вақти: 21:23

Prezident aytgan to‘ylar haqidagi qaror 30 martdan kuchga kirishi mumkin


O‘zbek to‘ylarining kimo‘zar tadbirga aylangani ko‘pdan tanqid qilinadi¸ ammo bu jarayon to‘xtamay davom etib kelmoqda.
O‘zbek to‘ylarining kimo‘zar tadbirga aylangani ko‘pdan tanqid qilinadi¸ ammo bu jarayon to‘xtamay davom etib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning muhokamasi uchun ochilgan regulation.gov.uz saytida 15 mart kuni “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida” deb nomlangan hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Loyihasi muallifi Oliy Majlis Senati deb ko‘rsatilgan qarorning 30 martdan kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Loyihada¸ Vazirlar Mahkamasiga 15 kun ichida shahar va tumanlarda turli marosimlarni o‘tkazishni muvofiqlashtiruvchi maxsus komissiyalar tuzish¸ viloyat va respublika darajasida ham tuziladigan bunday komissiyalar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqishni topshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek:

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, mahalliy hokimliklar, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni ixcham va tartibli o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin”¸ deyiladi loyiha matnida.

Bu dasturda esa¸ oilaviy tadbirlarni ixcham¸ kamtarona va isrofgarchiliksiz o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish¸ to‘ydan oldin kelin-kuyovga oila bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari o‘tish¸ yangi qoidalarni bajarmaydiganlarga tegishli chora ko‘rish nazarda tutish aytilgan.

Muhokamaga qo‘yilgan qaror loyihasida¸ fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari qoshida 150 tagacha o‘rinli to‘yxonalar qurish¸ oilaviy tadbirlarga arzon oziq-ovqat yetkazib berish tuzilmalarini yaratish¸ ularga faqat bir nafar san’atkorni (guruhni) jalb etish borasidagi cheklovni o‘rnatish ham taklif etilgan.

Qaror loyihasida Kasaba uyushmalariga kam ta’minlangan oilalar tadbirlarini o‘tkazishda yordam beruvchi jamg‘arma tuzish¸ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasiga esa¸ o‘lim bilan bog‘liq ma’rakalar turlarini belgilab¸ ularni o‘tkazishning yagona tartibini ishlab chiqish topshirilgan.

Shuningdek¸ loyihada tegishli vazirlik va tashkilotlarga oilaviy tadbirlarga xizmat ko‘rsatadigan san’atkorlardan tortib to transport vositalari faoliyatini litsenziyalash tartibini ishlab chiqish vazifasini yuklash ham taklif etilgan.

“Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan, shuningdek, oilaviy tadbirlar o‘tkazish tartibiga rioya qilmaganlik uchun tegishli javobgarlikni belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin”¸ deyiladi loyiha matnida jumladan.

14 mart kuni Ozodlik prezident Shavkat Mirziyoev 27 fevral kuni “ertaga Senat chiqaradi” degan to‘ylar haqidagi qarorning jamoatchilik tomonidan qiziqish bilan kutilayotgani haqida maqola hozirlagan va unda Senat matbuot xizmati bu qaror loyihasining joriy oy oxiriga belgilangan yalpi majlis muhokamasiga qo‘yilishini bildirgan edi.

27 fevral kungi videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoev¸ jamiyatdagi adolatsizlik¸ davlat amaldorlari orasidagi o‘g‘irlik va korrupsiyani kamaytirish maqsadida to‘ylarni cheklashga majbur bo‘lganini e’tirof qilgan edi.

Шавкат Мирзиëев тўйлар ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:33 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG