Линклар

Шошилинч хабар
23 июл 2018, Тошкент вақти: 07:15

O‘zbekistondan farqli o‘laroq qo‘shni mamlakatda bu ish bilan Madaniyat vazirligi huzurida tuzilgan Ekspertlar guruhi shug‘ullanmoqda. Guruh to‘ylarni isrofgarchiliksiz va milliy udumlarni saqlagan holda o‘tkazish bo‘yicha takliflarini jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilmoqchi.

Ekspertlar guruhi a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Umut Kultaeva Azattiq radiosida o‘tkazilgan davra suhbati chog‘ida to‘ylar masalasida butun mamlakat jamoatchiligi fikrini o‘rganish zarurati borligini aytarkan, muhokamaga xalqning udumlarini biladigan intellektuallar faol qatnashishiga umid bildirdi.

Professor Kultaevaning fikricha, oldda turgan muammolardan biri to‘y vaqtini cheklash zaruratidir. Chunki to‘ylarga ko‘p vaqt sarflanishi har tomonlama qimmatga tushmoqda.

“Aksari to‘ylarda mehmonlar oqshom soat 5 ga chaqriladi. Tadbir esa, soat 6-7 larda boshlanadi. Ba’zan, masalan, beshbarmog‘i pishmay, kechikib ketadi, natijada to‘y tungi 1 gacha cho‘zilib ketadi. U yoq-bu yog‘i bilan, to‘yga keladigan mehmonning 10 soat vaqti sarf bo‘ladi”, deydi professor Kultaeva.

Ekspertlar guruhi a’zosining fikricha, to‘y – yangi kelin-kuyovga oq fotiha berish marosimidan ko‘ra, boylikni ko‘z-ko‘z qilish, shuhratparastlik, raqobat marosimiga aylanib borayapti.

To‘y olib boruvchilarning saviyasi pastligini ham tanqid qilgan Umut Kultaeva to‘y ssenariylari tanlovini o‘tkazish g‘oyasini ilgari surdi.

Azattiq radiosi o‘tkazgan davra suhbatiga chaqirilgan to‘y boshlovchisi Erkin Risqulbekov professor Kultaevaning fikrlariga qo‘shilar ekan, ayni paytda bu masalada ma’muriy choralar ish bermasligini aytib o‘tdi.

“4-5 yilning ichida vaziyat o‘z-o‘zidan izga tushib ketsa kerak, deb o‘ylayman. Chunki 3-4 yil oldin to‘yga chet davlatlardan taniqli artistlarni chaqirganlar bo‘lardi. Men olib borgan to‘ylarga hatto Boney M kelgan. Hozir esa, bunday ko‘rinish yo‘q”, deydi tamada Erkin Risqulbekov.

To‘ylar bo‘yicha ekspertlar guruhini tuzgan Qirg‘iz Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vazirligi Axborot bo‘limi mudiri Jiyde Zootbekovaning aytishicha, Ekspertlar guruhining tavsiyalari mamlakat xalqiga “to‘yni unday o‘tkaz, bunday o‘tkaz”, degan buyruqlar shaklida bo‘lmaydi, balki aholining fikrini uyg‘otishga undovchi usullarni qo‘llashga qaratiladi, ijtimoiy videoroliklar suratga olinadi va namoyish qilinadi, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibot qilinadi.

Ayni paytda O‘zbekistonda...

Prezident Mirziyoev o‘tgan oyda to‘ylarni tartibga solish haqida davlat tepasiga kelganidan buyon ikkinchi marta gapirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning muhokamasi uchun ochilgan regulation.gov.uz saytida 15 mart kuni “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida” deb nomlangan hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha muallifi Oliy Majlis Senati deb ko‘rsatilgan qarorning 30 martdan kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Loyihada¸ Vazirlar Mahkamasiga 15 kun ichida shahar va tumanlarda turli marosimlarni o‘tkazishni muvofiqlashtiruvchi maxsus komissiyalar tuzish¸ viloyat va respublika darajasida ham tuziladigan bunday komissiyalar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqishni topshirish ko‘zda tutilgan.

XS
SM
MD
LG