Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2018, Тошкент вақти: 21:32

Turkmaniston shimoliy mintaqasi rasmiylari uyda sunnat qiluvchi shaxslarga nisbatan choralar ko‘ra boshladi.

So‘nggi oylarda Dasho‘g‘uzda politsiya va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tabiblarni ushlamoqda va ularni uyda bolalarni sunnat qilish taqiqlanganidan ogohlantirmoqda.

Aks holda ular jarimaga tortiladi. «Agar biz sizlardan birortangiz sunnat bilan shug‘ullanayotganingizni eshitib qolsak, birinchi galda 3000 manat (MB kursi bo‘yicha $857) miqdorida jarimaga tortilasizlar, agar-da yana takrorlanadigan bo‘lsa, qamoqqa jo‘natamiz, deyishdi», – deya xabar berdi Oqtepa tumanida istiqomat qiluvchi va uyda tabiiy giyohlar bilan davolashni yo‘lga qo‘ygan kishi “Ozodlik” manbasiga.

Shu bilan birga mintaqa rasmiylari mahalliy aholidan, bundan keyin farzandlarining sunnatini faqat davlat shifoxonalarida amalga oshirilishini talab qilishmoqda. “Ozodlik”ning Dasho‘g‘uzdagi manbalarining aytishlaricha, mazkur talablar yangidan yangi murakkabliklar va xarajatlarning oshib ketishiga sabab bo‘ladi.

«Agar-da o‘g‘lingizni davlat shifoxonasida sunnat qilmoqchi bo‘lsangiz, avvaldan kassaga 30 manat to‘lash kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng qiymati 50 manatdan oshib ketadigan dorilar ro‘yxati beriladi, bu dorilarni o‘z hisobimizdan xarid qilishimiz kerak. Bundan tashqari jarrohlik bo‘limida sunnat qilinadigan o‘g‘lingizga og‘riqni qoldiruvchi narkozga o‘xshash ukol solinishi kerak, bu ukoldan keyin farzandingiz bir oy mobaynida o‘ziga keladi. Bundan tashqari shifokor o‘z xizmati uchun 200 manat qo‘l haqqi oladi. Tabiblar sunnat uchun 100 manat olishar edi. Sunnat uchun qo‘shimcha sarf-harajatlar oila uchun qimmatga tushmoqda», – deydi Saparmirat Turkmanbashi tumanida istiqomat qiluvchi fuqro.

O‘z farzandlarini uyida sunnat qilmoqchi bo‘lgan Dasho‘g‘uz aholisi qo‘shimcha harajatlar bilan cheklanib qolmaydi. Sunnat qilish uchun barcha shart-sharitlar yaratilgan jarrohlik bo‘limi Dasho‘g‘uz viloyatining uzoq tumanlarida joylashgan, u yerga borish uchun ayrim fuqorolar yuz kilometrlab masofani bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.

O‘tgan haftada Dasho‘g‘uz viloyatining Oqtepa tumanida uyida sunnat qilgan pensiyadagi urolog- jarroh xuquq-tartibot idoralarining xodimlari tomonidan hibsga olindi. Uning ishi sudga oshirildi.

XS
SM
MD
LG