Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:06

Adliya vazirligi o‘pishayotganlarni ta’qib qilgan “MY5” telekanaliga tanbeh berdi


"Yashirin kamera" ko‘rsatuvidan kadr.
"Yashirin kamera" ko‘rsatuvidan kadr.

3 aprel kuni O‘zbekiston Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi “Mening yurtim” (MY5) telekanaliga rasmiy ogohlantiruv xati yubordi.

Nusxasi Ozodlikka ijtimoiy tarmoq orqali yetib kelgan “MENING YURTIM” telekanaliga yozilgan rasmiy xatga 43/2-406/8 raqami qo‘yilgan va unga boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh.Yakubdjanova imzo chekkan.

​​"Xalqaro va mahalliy qonunchilik me’yorlari buzildi!"

Xatdagi e’tirozlarga “MY5” telekanalida 1 aprel kuni efirga uzatilgan “Yashirin kamera” ko‘rsatuvida O‘zbekiston qonunchiligida kafolatlangan shaxsiy hayot daxlsizligi normalarining buzilgani sabab bo‘lgan va vazirlik telekanal ma’muriyatini O‘zbekiston qonunchiligidagi mavjud ayrim talablardan ogohlantirishni lozim topgan.

Birinchidan¸ Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida hech kimning shaxsiy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish mumkin emasligi belgilangan. Mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga to‘liq implementatsiya qilingan.

Jumladan¸ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasida har kimning erkinlik va shaxsiy daxlsizligi¸ 27-moddasida shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqi kafolatlangan”¸ deyiladi Ozodlikka yetib kelgan maktub nusxasida.

Matn davomida Adliya vazirligi telekanal ma’muriyatiga “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq¸ jismoniy shaxslarning roziligisiz ular shaxsiy hayotiga taalluqli axborotdan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmasligini eslatadi.

Shuningdek¸ “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga ko‘ra¸ o‘z kasbiga oid faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist shaxsning huquq va erkinliklarini hurmat qilishi shart”¸ deyiladi maktub davomida.

Jurnalistik axloq qoidalari eslatildi

Ikkinchidan¸ Nodavlat radiotelekanallar Xartiyasida jurnalistlarning kasbiy burchini bajarishda insonlarning axloqiy¸ jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan teleradioko‘rsatuvlarni ommaga uzatishda ruxsat etilgan chegarani va kasbiy etikani e’tiborga olish qayd etilgan”¸ (ta’kid vazirlikka oid - tahr.) deyilgan rasmiy xatda¸ ayni me’yorlarning “O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiyasining professional jurnalisti” axloq kodeksiga ham kiritilgani eslatiladi.

​Yosh avlodga axloq inson haqlarini buzish orqali o‘rgatilmaydi

Uchinchidan¸ o‘sib kelayotgan avlod kelajagi uchun¸ ularni boy tarixiy ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhim”ligi ta’kidlangan hujjatda¸ bunday tarbiyaning "inson huquqlari buzilishi hisobiga erishilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi” (ta’kid vazirlikka oid - tahr.) alohida qayd etiladi.

Ana shu huquqiy me’yorlardan kelib chiqqan holda¸ Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi “MENING YURTIM” telekanali jurnalistlari ta’qib qilgan yoshlar hatti-harakatida biror qonunchilik buzilmagani¸ bu ko‘rsatuv esa telekanal vakillarining “yetarlicha kasbiy tayyorgarlikka ega emasligidan dalolat” berishini ko‘rsatadi¸ degan xulosa chiqargan.

Davomi tugadi?

Vazirlik maktubi so‘ngida¸ telekanal ma’muriyati kelgusi dasturlarni tayyorlashda O‘zbekiston qonunchilik normalariga rioya qilish shartligidan ogohlantiriladi.

Toshkent shahri va viloyatida raqamli formatda efirga uzatiladigan “MY5” telekanalining 1 aprel kungi “Yashirin kamera” ko‘rsatuvi haqida Ozodlik 2 aprel kuni material hozirlagan va unga gapirgan advokat va blogerlar ko‘rsatuvda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunchiligida kafolatlangan shaxsiy hayot daxlsizligiga daxl qilinganini tanqid etgan edi.

Bu ko‘rsatuv mualliflari Toshkentning Amir Temur va Brodvey xiyobonida quchoqlashib o‘tirgan yosh yigit-qizlarni yashirin kamera bilan suratga olib¸ ularning yoniga borib¸ “uyat ish qilayotgani va uning to‘g‘ri emasligidan “ ogohlantirgan edi.

Ozodlik bilan suhbatda ko‘rsatuv boshlovchisi Badriddin Husniddinov¸ bu ko‘rsatuvda shaxsiy hayot daxlsizligini buzmagani va ko‘rsatuvda tasvirga olinganlar yuzini ko‘rsatmaganini aytgan edi.

Тошкент хиëбонларида ўпишаëтган ëшларни фош қилган “MY5” телеканалининг мухбири билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:46 0:00

Ko‘rsatuvning 22 yashar boshlovchisi¸ o‘z tengdoshlari orasidagi “bunday axloqsizlikka qarshi harakatlar foyda bermaguncha¸ jamoat joylarida o‘pishib-quchoqlashib yurganlarni tasvirga olib¸ boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun ularni har hafta ko‘rsatishi”ni ta’kidlagan edi.

XS
SM
MD
LG