Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:45

Pokiston harbiylari yoʻrigʻiga yurmayotgan telekanal ovozini oʻchirishga urinmoqda


Pokiston armiyasi qoʻmondoni Qamar Jovid Bajva 2018 yil 17 fevral kuni Myunxen shahrida.
Pokiston armiyasi qoʻmondoni Qamar Jovid Bajva 2018 yil 17 fevral kuni Myunxen shahrida.

Pokiston ommaviy axborot vositalari (OAV) va jurnalistlar koʻpincha har narsaga qodir harbiy amaldorlar yoʻrigʻiga yurmagani uchun turli balolarga giriftor boʻlmoqda.

Pokiston armiyasi va tomidan ham nomi baland josuslik xizmatlari ancha vaqtdan beri mustaqil OAVga bosim oʻtkazish, qoʻrqitish, senzura va qottillik tahdidi bilan muxolifatning ovozini oʻchirishda ayblanmoqda.

Kuzatuvchilar aytishicha, Pokistonning mashhur Geo telekanali harbiy amaldorlar bilan “san-man”ga borgani uchun jazolanmoqda. Eng yirik “Jang” tijorat media-guruhiga kiruvchi Geo telekanali 1 aprel kuni mamlakatning koʻplab mintaqalarda efirdan olib tashlandi. OAV kuzatuvchilari va jurnalistlar bu yerda gʻirromlik boʻlayotganini aytmoqda.

Pokistonning Elektron OAV faoliyatini tartibga soluvchi maʼmuriyati (PERMA) telekanalning efirdan olib tashlanganiga daxli yoʻqligini aytmoqda. Ichki ishlar vaziri Ahsan Iqbol 3 aprel kuni muammo yuzasidan surishtiruv boshlanganini eʼlon qildi, ammo oradan necha kun oʻtib ham kim aybdor ekani aytilmadi.

Koʻpchilik bu ishda ham ichki, ham tashqi ishlarda keragidan ortiq vakolatlarga ega armiya rahbarlari qoʻli borligini gumon qilmoqda.

− Efirdan olib tashlashda harbiylarning qoʻli borligiga shubha yoʻq, − dedi pokistonlik harbiy tahlilchi va yozuvchi Oysha Siddiqa.

Oʻtgan oyda armiya qoʻmondoni, general Qamar Jovid Bajva Ravalpindi shahrida bir guruh jurnalistlar uchun ovozini yozib olmaslik sharti bilan matbuot konferensiyasi oʻtkazdi va tadbir keng yoritildi. Oʻshanda general Geo telekanali faoliyatini “qoʻporuvchi” deb atadi hamda harbiylarga “osilish” borasida “qizil chiziq”dan oʻtib ketish oqibatlari yomon boʻlishidan ogohlantirdi.

Harbiy amaldorlar telekanalning efirdan olib tashlanishiga aloqasi borligini rad etmoqda.

“San-man”ga borish

Geo telekanali armiya qoʻmondonlari bilan 2014 yildan beri chiqishmay keladi. Oʻshanda kanal boshlovchisi va jurnalist Hamid Mir Karachi shahrida otib oʻldirilgan edi. U oldinroq armiyaning Xizmatlararo razvedka (ISI) josuslik agentligini oʻziga suiqasd qilishga buyruq berganlikda ayblagan edi. Telekanal Mirning iddaolarini omma koʻz oʻngida qoʻllab chiqdi, harbiylar esa uni odatdagiday bu ishda qoʻli borligini rad etdi.

Geo telekanali yaqinda isteʼfoga chiqqan va harbiylar bilan bir-birini ayblayotgan bosh vazir Navoz Sharif korrupsiyada ayblanayotgan jinoyat ishini yoritishda armiya qoʻmondonlariga boʻysunishdan bosh tortdi. Oliy Sud 2017 yili Sharifni korrupsiyada ayblab, lavozimidan chetlatgan edi. Sobiq bosh vazir lavozimidan chetlatilishiga harbiylarni nazarda tutib, “yashirin qoʻllar” sababchi boʻlganini aytib keladi.

“Hukumat harbiylardan oʻlarday qoʻrqadi”

Pokistonlik jurnalistlar uch marta bosh vazir boʻlgan Sharifning yonini olgani uchun Geo telekanalidan oʻch olinayotganini aytmoqda.

Pokistonlik jurnalistlar va OAV faollari Geo telekanalining efirdan olib tashlanishini matbuot erkinligi boʻgʻilishi deb atadi.

Geo telekanali vebsaytidagi bayonotda aytilishicha, “Pokiston Konstitutsiyasi va qonunchiligi Pokiston vatandoshlarining asosiy – axborot olish huquqini kafolatlaydi”.

− Geo telekanalini oʻzboshimchalik bilan kabel TVdan olib tashlash Pokistonning Konstitutsiyada kafolatlab qoʻyilgan axborot olish huquqiga bevosita hujumdir, − dedi Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasining Osiyo dasturlari muvofiqlashtiruvchisi Stiven Batler. – Hukumat axborot tarqatish yoʻlini toʻsib qoʻyayotganlarni topa olmayotgani yoki ularning otini aytishga oʻlarday qoʻrqayotgani odamning gʻazabini keltiradi.

XS
SM
MD
LG