Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 11:29

Musulmonlar idorasining ikki mulozimi bir kunda ishdan olindi


Diniy idoraning ishdan olingan mulozimi Mubashshir Ahmad.
Diniy idoraning ishdan olingan mulozimi Mubashshir Ahmad.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Kotibiyat bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov va uning yordamchisi Mubashshir Ahmad 10 aprel kuni egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Diniy idora Xodimlar bo‘limi mulozimining Ozodlikka aytishicha¸ “Bu ikki kishi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan”.

Bundan oldin Toshkent shahridagi «Tinchlik» va «Do‘mbirobod» masjidlarida imom-xatib lavozimlarida ishlagan Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) ishdan ozod qilingan edi.

Diniy idora Xodimlar bo‘limi mulozimiga ko‘ra¸ “Shermurod Tog‘ay o‘z arizasiga ko‘ra” ishdan ketgan va imom va Kotibiyat bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov va uning yordamchisi Mubashshir Ahmadning ishdan olinishi ortida “siyosiy sabab yo‘q”.

Ishdan olingan Kotibiyat bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov bilan Ozodlik bog‘lana olmadi.

Ulug‘bek Sultonovni yaqindan tanigan toshkentlik imomga ko‘ra¸ u “dindorlar arizalariga befarq bo‘lganlik¸ ijtimoiy tarmoqlarda diniy idora ko‘z qarashiga zid bo‘lgan chiqishlarni uyushtirganlikda” ayblangan.

Ismi aytilmasligini so‘ragan toshkentlik imomdan olingan bu ma’lumotni Musulmonlar idorasi vakili na tasdiqladi, va na inkor etdi.

Ishdan olishlar DXX raisi baënoti bilan bog‘liqmi?

Ishdan olinganlardan biri¸ Musulmonlar idorasining endilikda sobiq mulozimi Mubashshir Ahmad Ozodlik bilan 11 aprel kungi suhbatda “ishdan ozod qilinganidan hafa emasligini” ta’kidladi.

Mubashshir Ahmad soqol qo‘yish, hijobda yurish¸ er va qizlarning alohida o‘qitilishi targ‘ib qilingan munozarali maqolalar chop qilingan Azon.uz nashrining muassisidir.

Joriy yilning 30 mart kuni Davlat xavfsizlik xizmati raisining Oliy Majlis Senatining 14- yalpi majlisida so‘zlagan nutqi haqida Rossiya nashrlari Ixtiër Abdullaev diniy sohada berilgan erkinliklarni ayrimlar noto‘g‘ri talqin qilayotgani oqibatida, diniy aqidaparastlikning kuchayib borayotganligi haqida gapirgani to‘g‘risida yozgan edi.

O‘sha xabarda yozilishicha, DXX raisi, shuningdek, salafiylik oqimiga kirib qolayotganlar, soqol qo‘yishni o‘ziga odat qilib, turli oqimlarga kirishga harakat qilayotgan hamda qizlar uchun alohida o‘quv xonalari tashkil qilish talabi bilan chiqayotgan shaxslarlarni davlat uchun tahdid, deb atagan.

DXX raisining Senat majlisida so‘zlagan nutqining O‘zA e’lon qilgan versiyasida bu gaplar yo‘q.

Xabar.uz nashrining yozishicha¸ Mubashshir Ahmad¸ Ulug‘bek Sultonov va Shermurod Tog‘ayning ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror 30 mart kuni qabul qilingan edi.

Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatlashgan toshkentlik imomga ko‘ra¸ Mubashshir Ahmad “ matbuot va tarmoqdagi diniy chaqiriqlaridan keyin istalmaydigan shaxsga” aylangan.​

Mubashshir Ahmad DXX raisiga ishonadi

Ozodlik bilan suhbatda Mubashshir Ahmad o‘zining ishdan bo‘shatilishi DXX raisining bayonotidan keyin yuz berganligini “shunchaki tasodif”, deb atadi:

- Men DXX raisi Ixtiyor Abdullevning bayonoti ortidan diniy e’tiqod cheklanganiga guvoh bo‘lmadim. Azon.uz saytida yozganimdek, Ixtiyor Abdullaevga ishonaman. Uning diniy e’tiqodni cheklamasligiga ishonaman. Abdullaevning bayonotidan keyin ishdan bo‘shatilganim - faqat tasodif. O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi borasida muammo yo‘q. Men musulmonlar idorasidagi ishimdan bo‘shatilganim bilan¸ Toshkent Islom institutida o‘qituvchilik va noshirlik faoliyatim davom etmoqda. Diniy idora Kotibiyat mudiri Sultonov va imom Shermurod Tog‘ayning ishdan bo‘shatilishi ortida ham siyosiy sabab yo‘q, deb bilaman. Shermurod Tog‘ay diniy idorani tanqid qilgan bo‘lsa, bu uning fikri. Aynan tanqid qilgani uchun imom ishdan olindi deb ayta olmayman¸ dedi Mubashshir Ahmad Ozodlik bilan suhbatda.

Диний идоранинг собиқ мулозими Мубашшир Аҳмад билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:20 0:00

Al-Azhar talabasi

Mubashshir Ahmad Namangan shahrida tug‘ilgan. 1991-1996 yillarda Toshkent islom instituti va Misrdagi “Al-Azhar” universitetlarida ta’lim olgan. “O‘zbekiston musulmonlari” (hozirgi “Hidoyat”), “Fikrat” jurnallarida va “Islom nuri” gazetasida ishlagan.

44 yashar Mubashshir Ahmad 1996-yildan hozirgacha Toshkent islom institutida fikh, usulul fikh va faroiz fanlaridan dars berib keladi.

XS
SM
MD
LG