Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:32

Ahmat Demir: Keyingi bir yilda O‘zbekiston biznes muhitida revolyutsiya sodir bo‘ldi!


2018 yilning 24 aprel kuni Ozodlik muxbiri "Chorsu" mehmonxonasining yangi egasi Ahmat Demirni ayni mehmonxonada qizg‘in borayotgan qayta qurish jarayonida topdi.
2018 yilning 24 aprel kuni Ozodlik muxbiri "Chorsu" mehmonxonasining yangi egasi Ahmat Demirni ayni mehmonxonada qizg‘in borayotgan qayta qurish jarayonida topdi.

Mustaqil O‘zbekistondagi liberal iqtisodning o‘ziga xos ramziga aylangan sobiq Demir supermarketlari egasi Ahmat Demirning Toshkentga qaytib¸ qayta ish boshlaganiga shu kunlarda bir yil bo‘ladi.

90-yillar boshida O‘zbekistonga sarmoya yotqizib¸ 2010 yilda mamlakat huquq tizimlarining turli ayblovlari ortidan biznesini tashlab ketishga majbur bo‘lgan Demir Holding egasi Ahmat Demirning Toshkent hukumati bilan mojarosi¸ jarayon tafsilotlaridan xabardor rasmiylarning Ozodlikka aytishicha¸ o‘tgan yili shaxsan prezident Shavkat Mirziyoev topshirig‘i bilan hal etildi.

Toshkentdagi Demir supermarketlari¸ Grand Mir mehmonxonasi mulkdori Ahmat Demir O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lganidan so‘ng birja orqali boshqa investorlarga sotilgani bois¸ ular avvalgi mulkdoriga qaytarilmadi.

Ayni paytda¸ Toshkent shahar hokimligi va tegishli vazirliklar bilan muzokaralari so‘nggida 2017 yil sentabrida Ahmat Demirga poytaxt markazida yillardan beri bo‘sh yotgan "Chorsu" mehmonxonasi investitsion shartlar va soliq imtiyozlari bilan tekinga berildi.​

Shundan beri Ahmat Demir “Chorsu” mehmonxonasini qayta qurish va uning atrofida har xil tamaddixona va hunarmandlar ustaxonalari bo‘lgan “Eski shahar” sayyohlik majmuasi qurish ustida ishlamoqda.

Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so‘ng O‘zbekistonda qayta ish boshlagan sanoqli turk biznesmenlaridan biri bo‘lgan Ahmat Demir¸ Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning joriy hafta Toshkentga qiladigan safari doirasida o‘tkaziladigan o‘zbek-turk biznes forumida ishtirok etadi.

24 aprel kuni Ozodlik bilan suhbatda Ahmat Demir¸ ayni daqiqalarda “Chorsu” majmuasida ish bilan bandligi¸ biznes loyihaning asta-sekinlik bilan amalga ko‘chayotganini bildirdi:

- Biz kundalik¸ joriy muammolar ustida ishlayapmiz. Bunday muammolar har yerda bor. Ammo keyingi bir yil ichida janob Mirziyoev va Erdo‘g‘on e’tiboriga yetkazilishi lozim bo‘lgan global bir muammoga duch kelmadik. Bir yil ichida prezident Mirziyoev O‘zbekistondagi biznes iqlimini jiddiy o‘zgartirdi va buni tan olmaslik mumkin emas¸ dedi Ozodlik bilan suhbatda turk tadbirkori.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:36 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG