Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2025, Тошкент вақти: 16:00

Bir guruh ziyolilar Gdlyan va Ivanovni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilishni talab etmoqda


SSSR bosh prokuraturasining sobiq tergovchisi Telman Gdlyan.
SSSR bosh prokuraturasining sobiq tergovchisi Telman Gdlyan.

O‘zbekistonlik bir guruh ziyolilar Respublika bosh prokuroridan o‘tgan asrning 80-yillarida “paxta ishi” deb atalgan jinoyat ishini tergov qilgan moskvalik tergovchilar Telman Gdlyan va Nikolay Ivanovga nisbatan jinoiy ish qo‘zgatishni talab qilmoqda.

Bu borada tarixchi-publitsist Shuhrat Salomov, psixologiya fanlari doktori Maxmud Yo‘ldoshev, Qashqadaryo viloyati IIB siyosiy bo‘limining sobiq boshlig‘i, pensioner Ollomurod Isoqulov, zahiradagi podpolkovnik Shokir Dolimov va yozuvchi Akbar Mirzo tomonidan imzolangan murojaat O‘zA tomonidan 3 may kuni e’lon qilindi.

“1. O‘zbekistonda ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida T.Gdlyan shaxsan o‘zi va uning tergov guruhi qonunlarni qo‘pol ravishda buzib kelishgan, o‘zbek xalqiga nisbatan zo‘ravonlik, o‘zboshimchalik, tahqirlash, haqoratlash va qadr-qimmatini toptashga yo‘l qo‘ygan.

2. Jinoiy-protsessual me’yorlar talablari, SSSR Bosh prokurorining buyruqlari inobatga olinmagan, bu og‘ir oqibatlarga olib kelgan, begunoh fuqarolar xibsga olingan, konstitutsion huquqlari g‘ayriqonuniy ravishda cheklangan, ular asossiz jinoiy javobgarlikka tortilgan”, deyiladi murojaatda.

Mualliflar Xalqaro Haaga sudiga murojaat yo‘llash hamda Interpol byurosi orqali Gdlyan va Ivanov guruhida bo‘lgan barcha aybdorlarning ekstraditsiyasini talab qilish taklifini bildirgan.

1983 yilning fevralida SSSR ning oliy rahbariy organi - KPSS MK Siyosiy byurosi “O‘zbekiston paxta sanoatidagi su’iste’molliklar” haqida qaror qabul qildi.

Bu qaror ortidan SSSR prokuraturasi Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshchiligidagi tergov komissiyasini O‘zbekistonga yubordi. Paxta ishi doirasida yuzlab o‘zbekistonliklar uzoq muddatlarga qamalgan edi.

Bu ish asosida SSSRning sobiq rahbari Brejnevning kuyovi Yuriy Churbanov, O‘zbekistonning Rashidovdan keyingi rahbari Inomjon Usmonxo‘jaev¸ Markazqo‘m kotiblari Ra’no Abdullaeva¸ Oqiljon Salimov¸ Erejeb Aytmurodovlar ham qamoqqa olingandi.

1989 yilda sobiq SSSR Bosh prokuraturasi tergov boshqarmasini boshqargan Viktor Ilyuxin O‘zbekistonda Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov olib borgan “Paxta ishi”ga qarshi chiqqan edi.

Keyinchalik Ilyuxin Gdlyan-Ivanov guruhini poraxo‘rlik va begunoh o‘zbeklarni nohaq qamaganlikda ayblab, ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Lekin Gdlyan va Ivanov jazosiz qolgan.

“Paxta ishi” bo‘yicha tergov 1983 yildan 1989 yilgacha davom etgan edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng bu ish bo‘yicha qamalgan ko‘plab odamlar ozodlikka chiqarilgan.

Ozodlik arxividan:

Ozodlik 2016 yilning 7 sentabrida quyidagi maqolani va uning tarkibida Telьman Gdlyan bilan suhbatni e’lon qilgan edi.

O‘zbekistondagi "Yoshlar" telekanali 2016 yil, 5 sentabr kuni “Kuch adolatda” degan hujjatli filmni namoyish qildi. Filmda marhum prezident Islom Karimov O‘zbekistonda “paxta ishi”, deb atalgan “Gdlyan-Ivanov qatag‘oniga nuqta qo‘ygan qahramon" sifatida ko‘rsatildi.

Oldinroq - 2 sentabr kuni Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlanib Forumlar saroyida o‘tkazilgan majlisda so‘zga chiqqan “Nuroniy” jamg‘armasi vakili Anvar Inoyatov Karimovni “Sovet davrida Gdlyan-Ivanovga qarshi tura olgan jasorat sohibi”, deb atagan edi.

Ozodlik 7 sentabr kuni 1983 yildan 1989 yilgacha “Paxta ishi” bo‘yicha O‘zbekistonda SSSR prokuraturasining maxsus tergov guruhiga rahbarlik qilgan Telman Gdlyan bilan suhbatlashdi.

Gdlyanga ko‘ra¸ “Karimov Sovet davridagi “paxta ishi “ doirasidagi tergovga qarshi biror bir harakat qilmagan va uni qahramon qilish harakatida bo‘lganlar g‘irt yolg‘on gapirishmoqda”.

Тельман Гдлян билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:44 0:00
Бевосита линк

1988 yili “Paxta ishi” oqibatlari haqida qator maqolalar e’lon qilgan jurnalist Anvar Usmonovning aytishicha¸ “Paxta ishi” masalasini SSSR xalq deputati¸ hozirda marhum Ahmadjon Muxtorov hammadan oldin ko‘tarib chiqqan:

- Ahmadjon Muxtorov SSSR xalq deputatlari s’ezdi minbaridan turib Gdlyan-Ivanovlar amalga oshirgan qatag‘on haqida to‘rt marta gapirgan edi. Zalda o‘sha paytda Qashqadaryodan deputat bo‘lgan Islom Karimov ham bor edi ¸ ammo u kishi biror marta shu masala haqida minbardan gapirmagan¸ deydi Usmonov.

- SSSR prezidenti Mixail Gorbachev tashabbusi bilan o‘tkazilgan bu taftish ortidan “O‘zbekistonda qonunchilikka zid tarzda tergov yuritgan” Telman Gdlyan va Nikolay Ivanovlar prokuratura tizimidan bo‘shatilgan va ularning bedodligi asosida nohaq qamalganlar ishi qaytadan ko‘rish borasida ko‘rsatma bo‘lgan edi. Yana takrorlayman Karimov aynan bu masalada qaxramon emas. SSSR tarqab, Kremlda qizil bayroq tushirilganidan keyin 1992 yilning 25 dekabrida Karimov O‘zbekiston qamoqlarida jazo o‘tayotgan “Paxta ishi” figurantlarini amnistiya qilish bo‘yicha qaror chiqardi. Bunga majbur bo‘ldi desak ham bo‘ladi. Boshqa tarafdan Karimov muqobil saylov oldidan o‘ziga reklama sifatida ham shundan foydalandi¸ deydi Usmonov.

1983 yildan 1989 yilgacha “Paxta ishi”bo‘yicha O‘zbekistonda SSSR prokuraturasining maxsus tergov guruhiga rahbarlik qilgan Telman Gdlyan "o‘tmishdagi voqealarni sohtalashtirib qahramon yasaganlarni vijdonsiz va tuban odamlar”, deya baholadi.

- SSSR ag‘darilganidan keyin O‘zbekistonda yuzaga kelgan tizim “paxta ishidagi qiynoqlar” mavzusini o‘zini reklama qilish maqsadida unumli qo‘llab keldi¸ deydi suhbatdosh.

Karimovni o‘zi yoki yaqinlari “Paxta ishiga” qaysidir ma’noda daxldor bo‘lganmi, deb savol berdik o‘tgan asrning "afsonaviy" tergovchisiga:

- O‘lgan odamning ortidan tosh otilmaydi. Shu bois sukut qilaman. Tergovni o‘tkazganlar yaxshi biladi. Juda yaxshi biladi. Ko‘p narsalar bo‘lgan. Juda ko‘p gaplar bo‘lgan. Avvalo O‘zbekiston tarafi men poraxo‘rlikda ayblagan kishilarni meni talatishga tashladi. Men bunga loyiq emasman. Yana bir gap: bular "Gdlyan-Ivanov 27 ming kishini qamadi", deyapti. Bu endi pastkashlik. Biz paxta ishini emas korrupsiyani taftish qildik va bor yo‘g‘i 64 kishini qamoqqa oldik. Qolganlar taqdiri esa hozir minbardan turib Gdlyan va Ivanovlarni yomonlayotgan yaramaslar vijdoniga havola¸ deydi suhbatdosh.

Гдлян: Каримов мен учун қахрамон эмас
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:19 0:00
Бевосита линк

Telman Gdlyan bundan 8 yil oldin Karimov haqida Ozodlikka aytgan gapini yana takrorlash istagini bildirdi:

- O‘sha gapni yana takrorlayman. Mustaqillik poraxo‘r elitaga yangi cheksiz chegarasiz o‘g‘irlash imkonini berdi. O‘g‘rivachcha va poraxo‘rni elita deyishga tilim ham bormaydi. Tasodifan hokimiyat tepasida bo‘lgan guruh o‘z xalqini talashni boshlab yubordi. Ular Sovet davrida chemodanlab o‘g‘irlashgan bo‘lsa¸ hozir vagonlab pul o‘g‘irlashmoqda. Bundan xalqqa yengil bo‘ldimi? O‘zlarinimng qonunsizligini bekitish uchun ular uzoq chalinadigan “Gdlyan-Ivanov aybdor” degan nag‘mani o‘ylab topishdi. Men siz bilan gaplashganimdan ko‘proq narsani bilaman. Gapning qisqasi - Karimov hech qachon men uchun qaxramon bo‘lmagan¸ deydi Telman Gdlyan Ozodlik bilan suhbatda.

1989 yilda sobiq SSSR Bosh prokuraturasi tergov boshqarmasini boshqargan Viktor Ilyuxin O‘zbekistonda Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov olib borgan “Paxta ishi”ga qarshi chiqqan edi.

Keyinchalik Ilyuxin Gdlyan-Ivanov guruhini poraxo‘rlik va begunoh o‘zbeklarni nohaq qamaganlikda ayblab, ularga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgan

O‘sha davrni eslagan jurnalist Anvar Usmonov “Paxta ishi” xo‘lu quruq baravar yongan qatag‘on ekaniga e’tibor qaratdi:

- Mayli yuqorida turganlar qo‘shib yozish bilan shug‘ullangan bo‘lishi mumkin¸ lekin oddiy brigadirlar¸ kolxozchilar aybsiz aybdor qilindi¸ talandi¸ qiynoqqa solindi¸ o‘z joniga qasd qilishga majbur qilindi. Bu bedodlik o‘z navbatida Ahmadjon Muxtorov kabi deputatlar qarshiligini uyg‘otdi¸ deydi suhbatdosh.

“Paxta ishi” haqida

1983 yilning fevralida SSSR ning oliy rahbariy organi - KPSS MK Siyosiy byurosi “O‘zbekiston paxta sanoatidagi su’iste’molliklar” haqida qarorqabul qildi.

Bu qaror ortidan SSSR prokuraturasi Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshchiligidagi tergov komissiyasini O‘zbekistonga yubordi. 1983 yilda O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov olamdan o‘tdi. O‘zbekistondagi “Paxta ishi” SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) nazoratiga o‘tdi. Bu ish asosida Brejnevning kuyovi Yuriy Churbanov, O‘zbekistonning Rashidovdan keyingi rahbari Inomjon Usmonxo‘jaev¸ Markazqo‘m kotiblari Ra’no Abdullaeva¸ Oqiljon Salimov¸ Erejeb Aytmurodovlar qamoqqa olindi.

Shuningdek, Farg‘ona¸ Namangan¸ Toshkent¸ Surxondaryo va Qoraqalpg‘istondagi birinchi rahbarlar ustidan jinoyat ishi ochilib uzoq muddatga Ozodlikdan mahrum qilindi.

Tarixga “O‘zbeklar ishi”¸ “Paxta ishi” degan nomlar bilan kirgan bu jarayon yozuvchi Georgiy Vayner va Leonid Slovinlarning “Oyning qorong‘u tarafida”,degan romanida batafsil tasvirlangan.

1988 yilda o‘zbek kinochisi Elyor Eshmuhammedov “Paxta ishi” haqida “Shok” degan badiiy filmni suratga oldi.

Film finalida odamlarni haqsiz qamatgan rahbarning pirovardida adolat peshvosi bo‘lgani ko‘rsatiladi.

XS
SM
MD
LG