Линклар

Шошилинч хабар
13 май 2024, Тошкент вақти: 11:14

Kremlda bugun Rossiya prezidentining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi


2012 yilning 7 may kuni Vladimir Putin uchinchi muddatga prezident vakolatlarini bajarishga kirishgan edi.
2012 yilning 7 may kuni Vladimir Putin uchinchi muddatga prezident vakolatlarini bajarishga kirishgan edi.

Bugun Moskvada 4- marta Rossiya prezidenti etib saylangan Vladimir Putinning o‘z vakolatlarini bajarishga kirishishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Inauguratsiya ssenariysiga oid oldingi xabarlarda aytilishicha, Prezident o‘zining Kremldagi ish xonasidan Katta Kreml saroyining Andreev zaliga yo‘l oladi. Qasamyod qabul qilganidan so‘ng Vladimir Putin Sobor maydoniga keladi, bu yerda Kreml polkining paradi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Blagoveshchensk ibodatxonasida qisqa ibodat o‘tkaziladi. 7 mayning o‘zida prezident Putin Davlat dumasiga yangi hukumat rahbarining nomzodini tavsiya qilishi mumkin.

Bundan avval OAV o‘z manbalariga tayanib, Putin “diqqatni salbiy ma’noda” jalb qilmaslik maqsadida Moskva bo‘ylab prezident kortejida an’anaviy sayr qilishdan voz kechishi mumkinligi borasida xabar tarqatgan edi. 2012 yilning 7 may kuni Vladimir Putin uchinchi muddatga prezident vakolatlarini bajarishga kirishgan edi. O‘shanda u Oq uydan (u vaqtda Putin hukumat rahbari bo‘lib ishlardi) Kremlga mashina va odamlardan tozalangan Moskva ko‘chalari bo‘ylab kelgan edi.

5 may kuni Rossiyaning ko‘plab shaharlarida “U bizga shoh emas” deb nomlangan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi, tadbirlarda Vladimir Putinning to‘rtinchi muddatiga qarshi chiqishdi. "OVD-Info" ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning 27 shahrida 1597 kishi ushlandi. Ulardan ayrimlari ozod qilindi. Ayrimlar hibsda ushlab turilibdi, boshqalari esa sud qilinadi.

XS
SM
MD
LG