Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:02

O‘zbek elchisi: Prezident majburiy mehnatga “favqulodda holat” deb qarashni buyurdi!(VIDEO)


14 may kungi tadbir ishtirokchilari.
14 may kungi tadbir ishtirokchilari.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning AQShga qiladigan safari arafasida 14 may kuni Vashingtondagi Milliy press klubda O‘zbekistondagi inson haqlari va erkinliklar vaziyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston sobiq Tashqi ishlar vaziri¸ Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari Sodiq Safoev¸ Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov¸ O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov¸ shuningdek¸ Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotchisi Stiv Sverdlov ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda o‘zbek rasmiylari Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelgandan beri inson haqlari¸ so‘z va matbuot erkinligi¸ shuningdek, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash sohasidagi o‘zgarishlar haqida to‘xtaldilar.

Jurnalist va huquq faollarining qamoqdan ozod etilishi¸ “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomovaga O‘zbekistonda ishlash uchun akkreditatsiya berilishi¸ bu sohadagi yirik ilgari siljish sifatida taqdim etildi.

- Bolalar va majburiy mehnatga barham berish yo‘lida konkret qadamlar tashlandi. Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki O‘zbekistonda bolalar mehnatidan sistematik foydalanishga nuqta qo‘yilganini tasdiqladi. Shunga qaramay¸ AQSh Mehnat vazirligi bu sohada ilgari siljish yo‘q¸ demoqda. Umid qilamanki¸ tez orada bu adolatsizlik tuzatiladi. Majburiy mehnatdan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha ham konkret qadamlar qo‘yilmoqda. Prezident Mirziyoevning shaxsan o‘zi hukumatga bundan buyon majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatgi “favqulodda holat” deb qarashni buyurdi¸ dedi O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Vahobov.

Elchining ta’kidicha¸ O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi paytida hukumat bosimi ostida bolalar va majburiy mehnatdan ommaviy ravishda foydalanishiga qarshi norozilik tariqasida o‘zbek paxtasini boykot qilish kampaniyasini olib borayotgan Cotton Campaign uyushmasi vakillari ham mazkur tadbirga taklif etilgan.

Birinchi bor O‘zbekiston elchixonasi tomonidan muloqotga chaqirilgan bu uyushmadan¸ o‘zbek paxtasiga boykotini to‘xtatish so‘ralgan. Elchi¸ Cotton Campaign uyushmasi vakillarining O‘zbekistonga qilishi kutilayotgan safari oqibatida¸ bu boykotning bekor etilishiga umid bildirdi.

Cotton Campaign boshlagan o‘zbek paxtasi boykotiga G‘arbning umumiy qimmati bir trilliondan oshadigan yirik shirkatlari qo‘shilgan edi.

Mazkur tadbirda so‘zga chiqqan senator Sodiq Safoev¸ O‘zbekistonda boshlangan avtoritarizmdan voz kechish jarayonining shunchaki taqlid emas¸ asl va haqqoniy ekani va bu jaraënni orqaga qaytarib bo‘lmasligini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG