Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:59

Kosta-Rika neft 2021 yilgacha neft yonilg‘isini butunlay taqiqlamoqchi


Kosta-Rikaning yangi prezidenti qazib olinuvchi neft yonilg‘isi turlarini taqiqlash va mamlakatni dunyodagi ugleroddan butunlay xoli ilk mamlakati bo‘lishini e’lon qildi.

Sobiq jurnalist, 38 yashar Karlos Alvarado bu haqda chorshanba kuni prezidentlikka qasamyod marosimiga to‘plangan minglab odam oldida shunday bayonot qildi:

- Ugleroddan voz kechish avlodimiz oldida turgan ulkan vazifadir va Kosta-Rika birinchi bo‘lmasa ham, dunyodagi shu ishni birinchilar qatorida bajargan mamlakatlardan bo‘ladi, − dedi janob Alvarado.

O‘tgan oyda janob Alvarado ushbu Lotin Amerikasi mamlakati 2021 yilga borib ulovlar uchun qazib olinadigan yonilg‘idan voz kechish rejasini amalga oshirmoqchi ekanini aytdi. 2021 yili Kosta-rika mustaqilligini qo‘lga kiritganiga 200 yil to‘ladi.

Ayni paytda Kosta-Rikada 99 foiz elektr quvvati qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarmoqda. Ammo transportning uglerodsiz harakatlanishini ta’minlash garchi mamlakat atrof muhit borasida olgan majburiyatlariga sodiq bo‘lsa-da¸ bajarilishi anchayin mushkul muammodir, demoqda ekspertlar

Kaliforniya-Berkli universitetining Kosta-Rika energetikasi bo‘yicha tadqiqotchisi Xose Daniel Lara fikricha, bir necha yil ichida qazib olinadigan yonilg‘idan voz kechishning iloji bo‘lmasada¸ ayni reja o‘sha maqsadga tezroq erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga yo‘l ochib beradi.

Kosta-Rikaning barqaror rivojlanishi masalalarini o‘rganuvchi mutaxassis ¸ qayta tiklanuvchi energiya manbalari va elektr transporti bilan shug‘ullanuvchi Kosta-Rika Limpia tashkiloti direktori, iqtisodchi Monika Araya transport sohasida qazib olinuvchi yonilg‘i turlaridan tez orada qutulishga intilayotgan mamlakat butun dunyoga ajoyib namuna bo‘lib xizmat qilishiga shubhasi yo‘qligini aytadi.

Kosta-Rikaning toza energiya manbalariga o‘tishi aytarlik qarshilikka uchramaydi, chunki mamlakatda neft yoki gaz sanoati yaxshi rivojlanmagan.

Biroq avtomobil va boshqa transport tizimlaridan foydalanishga talab ortib bormoqda. Shu sababli zikr etilgan maqsadga erishish ulkan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, dedi janob Lara.

Ayni paytda¸ neftdan olinadigan yonilg‘idan foydalanish oqibatida bu orolda ham zararli gazlarning havoga chiqarilayotgani iqlimni o‘zgartirmoqda. Mamlakat Milliy metereologiya instituti bildirishicha, Kosta-Rikaga havoga chiqarilayotgan is gazlarining 64 foizi energiyadan foydalanishdan, uchdan bir qismi esa transport vositalari ishlashidan hosil bo‘lmoqda.

Kosta-Rikadagi universitetlar yetakchilari yiqqan va “Mintaqa ahvoli to‘g‘risida”gi hisobotda keltirilgan ma’lumotlarda aytilishicha, Mamlakat jamoat transporti aholining ulovga bo‘lgan ehtiyojlarini zo‘rg‘a qoplayapti.

Natijada shaxsiy transport vositalariga bo‘lgan talab keskin ortib ketgan. 2015 yilda avtomobilsozlik sanoati 25 foiz o‘sdi va Kosta-Rikani Lotin Amerikasidagi eng yirik avtomobil bozoriga aylantirdi, deyiladi hisobotda.

XS
SM
MD
LG