Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:17

Kimyoviy qurollar taqiqi uchun yangi mexanizm yaratish rejalanmoqda


G‘arb mamlakatlari ittifoqchilari kimyoviy qurollarni taqiqlashga rozi bo‘lgan 192 ta mamlakat uchun BMTning maxsus sessiyasini chaqirish taklifi bilan chiqdi. Bundan maqsad kimyoviy qurollar taqiqi uchun yangi mexanizmni yaratishdan iboratdir, chunki BMTning ushbu masala yuzasidan o‘tgan yilgi sa’y-harakatlari samarasiz yakun topgan edi.

«Afsuski, shu paytgacha kimyoviy hujumlarning boshida turgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun yetakchi xalqaro tashkilotlar biror chora ko‘rmadi”, deyiladi 18 may kuni Parijdagi uchrashuvda qabul qilingan rasmiy hujjatda. Unga G‘arb mamlakatlarining Yevropa, Afrika, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Osiyodagi 33 ta ittifoqchisi imzo chekdi.

Ushbu mamlakatlar vakillari “Jazosiz qolishga qarshi kurash” tashabbusi doirasida uchrashdi. Joriy yilning yanvar oyida Fransiya ushbu tashabbus bilan chiqqan, uning maqsadi kimyoviy qurol bilan hujum qilish hollari isbotlarini saqlab qolish, buning uchun kim javobgar ekanini aniqlash va unga qarshi sanksiyalar joriy qilishdan iboratdir.

Fransiya qarorgohi Haaga shahrida joylashgan Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga (KQTT) taqiqlangan o‘q-dorilardan foydalanib, hujum qilganlik uchun aybdor deb topish huquqini berish mexanizmini yaratish taklifi bilan chiqdi. Ayni paytda KQTTning faqat kimyoviy qurol bilan hujum qilganlik yoki qilmaganlikni aniqlash vakolati bor, xolos. Hujumni kim uyushtirgani esa aniqlanmay qolaveradi.

Ushbu tashabbusga Suriya hukumati qo‘shinlarining mamlakatda davom etayotgan fuqarolar urushi vaqtida bir necha marta zaharli gazni qo‘llaganiga oid gumonlar va mart oyida Angliyada sobiq rus josusining asabni falajlovchi gaz bilan zaharlangani sabab bo‘ldi.

Suriya bilan Rossiya kimyoviy qurol qo‘llaganini inqor qilib keladi. Rossiya o‘tgan yili Suriyadagi kimyoviy hujum uchun ushbu mamlakat hukumatini ayblash to‘g‘risidagi BMT qaroriga veto qo‘ydi. Rasmiy Moskva 18 may kuni Fransiyaning zikr etilgan tashabbusiga ham qarshi chiqdi.

Odatda KQTTning qarorlari 41 o‘rinli ijroiya kengashida ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi, ammo Rossiyaning muxolif pozitsiyaga o‘tib olgani kimyoviy qurollarni kim qo‘llayotganini aniqlash masalasini ochiq qoldirmoqda.

Rossiyaga pozitsiyasini o‘zgartirish taklif qilinmoqda

Parijda qabul qilingan hujjatga qo‘l qo‘ygan 33 ta mamlakat Rossiyadan o‘zining muxolif pozitsiyasini o‘zgartirishni talab qilmoqda.

Rossiya, Eron, Suriya va boshqa bir qancha mamlakatlarning qarshiligi qaror qabul qilinishi uchun zarur bo‘lgan 2/3 ovoz olinishiga to‘sqinlik qila oladimi, yo‘qmi, bu hali aniq emas.

Fransiya so‘nggi oylarda ushbu taklifni eng yaqin ittfoqchilari Britaniya, Qo‘shma Shtatlar va Germaniya bilan muhokama qilib, gapni bir joyga qo‘ydi.

Kimyoviy qurollar va asabni falajlovchi gazlar qo‘llangani gumon qilinayotgan bir qancha fojiali holatlar buning uchun javobgarlik mexanizmini yaratishni talab qilmoqda. Ushbu qurollarni qo‘llash yigirma yilcha oldin taqiqlanganiga qaramay, hamon taqiq bajarilmay qolmoqda.

XS
SM
MD
LG