Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 17:18

Namanganlik deputat: Mirziyoev nomzodini Nobel mukofotiga tavsiya qilish kerak


Deputat Olimjon To‘xtanazarov
Deputat Olimjon To‘xtanazarov

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi "Mening fikrim" ijtimoiy portalida prezident Shavkat Mirziyoevga "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish taklifi bilan chiqdi. Taklifni 10 ming kishi qo‘llagani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda O‘zLiDepning namanganlik a’zosi O‘zbekiston prezidentini Nobel mukofotiga tavsiya qilish g‘oyasini ilgari surmoqda.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati¸ O‘zMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor bo‘lib ishlaydigan 50 yashar Olimjon To‘xtanazarov 25 may kuni Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga Nobel mukofoti berish kerak degan taklifini bildirdi:

- Xalq bergan vakolatdan foydalanib Shveysariyadagi Nobel mukofoti ta’sischilaridan (Nobel mukofotlari Shvetsiya Qirollik akademiyasi tomonidan beriladi - tahr.) O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevga Nobel mukofotini berishlarini so‘rayman¸- dedi namanganlik deputat.

Bir asrdan ko‘proq tarixga ega Nobel mukofoti fizika¸ximiya¸ tibbiyot¸ adabiyot va tinchlik sohalarida favqulloda kashfiyot qilganlarga beriladi. O‘zbek deputatining Ozodlikka aytishicha¸ Mirziyoev shu aytilgan barcha nominatsiyalar bo‘yicha mukofot olishga loyiq:

- Adabiyot bo‘yicha ham olsa arziydi. Chunki prezident adabiyotga e’tibor bermoqda. Tinchlik sohasida ham¸ chunki O‘zbekistonda tinchlik hukmron. Ilm-fan sohasida ham bemlalol ola oladi. Jurnalistika faniga e’tibor qaratib mana universitet ham ochvordi. Shu ko‘nglim sezib turibdi¸ bugun yo erta Shveysariyadagilar (Shvetsiya bilan adashtirmoqda - tahr.) o‘zlari kelib hurmatli yurtboshimizga Nobel mukofotini berib ketadi. Bunga shak-shubha yo‘q¸- deydi mahalliy deputat.

Наманганлик депутат: Мирзиëев номзодини Нобель мукофотига тавсия қилиш керак
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:58 0:00
Бевосита линк

Olimjon To‘xtanazarovni Ozodlik uning Feysbukdagi quyidagi postini o‘qigach suhbatga tortdi..

Deputat taklifi
Deputat taklifi

Yurtboshini maqtash partiyaning liniyasi

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi boshqaruvi rahbarlaridan biri Olimjon To‘xtanazarovning g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirarkan, o‘zi a’zosi bo‘lgan partiyaning boshqa bir tashabbusi haqida ma’lumot berdi.

Shavkat Mirziyoevga ehtirom ko‘rsatish o‘z partiyasi asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlar ekan, o‘zlidepchi davlat rahbariga "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni berish tashabbusi haqida aytib berdi:

- "Mening fikrim" ijtimoiy portalidagi taklifimiz Oliy Majlisga yuborish uchun kerakli ovozni to‘pladi. 27 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni oliy darajadagi mukofot – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi taklifni ilgari surgan edik.Taklif 24 may kuni 10 ming ovoz yig‘di. Prezidentimizni “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi taklif partiyamiz faollari va deputatlarimiz tomonidan ham to‘la qo‘llab-quvvatlandi. 1000dan ortiq partiyadoshimiz mazkur taklifga ijobiy fikrini bildirdi. 10 ming bu - aysbergning sizga ko‘ringan qismi. Internetga kira oladigan odamlar. Menimcha, prezidentimizga unvonlar berilishini millionlagan O‘zbekiston vatandoshlari istaydi. Gapim shu. Endi prezidentga yoqib, kattaroq amal olish uchun aytdi, deb dashnom qilmasliklari uchun ismimni efirda aytmang,- dedi O‘zLiDep mulozimi.

Maqtashga qonun izn beradi

O‘zbekiston Adliya vazirligi mulozimi Furqat Tojievning Ozodlikka aytishicha, "Mening fikrim" ijtimoiy portalida biron-bir taklifni 10 ming odamning qo‘llagani ortidan bunday taklif Oliy Majlisda ko‘rilishi qonuniy protseduradir.

- Agar bir vatandoshning taklifini 10000 kishi quvvatlasa bu taklif Oliy Majlisda ko‘rilishi kerak¸- dedi mulozim.

Bu masala "Qurultoy"da muhokama qilindi

Prezident Mirziyoevni ulug‘lashga qaratilgan bu tadbirlar O‘zbekistonda yangi shaxsga sig‘inish davri boshlangani alomati emasmi, degan masalani kun tartibiga chiqardiki, u Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida muhokama qilindi.

Мактаблардаги сўнгги қўнғироқ Мирзиëев шахсига сиғинишнинг бошланишими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:55:00 0:00

Eshittirishda qatnashgan shoir¸ faylasuf, O‘zbekkiston xalq maorifi a’lochisi Abdulla Sher yozuvchi Makiavellidan misol keltirib “shaxsga sig‘inish johil olamonga oid instinkt” ekanligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoevga laganbardorlik qilish ko‘lamini prezidentning Andijonga tashrifi misolida tasvirlagan kinochi Abdulaziz Mahmudov “Karimov davridagi laganbardor mulozimlar Mirziyoevni maqtovga mazaxo‘rak qilmoqda”, dedi.

Maxmudovning fikricha¸ laganbardorlikning bu tezligida kelasi yilga borib “O‘zbekiston siyosiy ufqida ikkinchi Karimov paydo bo‘ladi...”

XS
SM
MD
LG