Линклар

Шошилинч хабар
20 Sentabr 2026, Toshkent vaqti: 14:25

O‘FA "Iftixor" klubi rahbarlarini futboldan chetlatdi. YoI klub ta’sischilari ro‘yxatidan chiqmoqchi (AUDIO)

"Iftixor" FK va Yoshlar Ittifoqi rahbarlari uchrashuvi
"Iftixor" FK va Yoshlar Ittifoqi rahbarlari uchrashuvi

1 iyun kuni O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) "Iftixor" futbol klubining direktori Ahror Ergashev va klub murabbiyi Nodir Qo‘ziboevni futboldan chetlatdi.

Bunday qarorning olinishiga "Iftixor" klubi rahbarlarining klubning ikki himoyachisi - Tursunboy Husanov va Hasan Ergashevni kaltaklagani sabab bo‘ldi.

Ommaviy axborot vositalari orasida Ozodlik birinchi bo‘lib 26 may kuni kechga yaqin Oltiariq tumanining "Qapchig‘ay" qishlog‘i chetida yuz bergan hodisa haqida ​xabar bergandi.

"Iftixor" jamoasining himoyachisi, 33 yashar Hasan Ergashev 30 may kuni Ozodlik bilan bo‘lgan suhbatda jamoa direktori uni va jamoadoshi Tursunboy Husanovni "futbol o‘yinlarini raqib jamoalarga sotishda" ayblab kaltaklaganini, natijada o‘zi va jamoadoshi oyoqlari singanini aytgan edi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi (PFL) saytida tarqatilgan xabarga ko‘ra, "Ahror Ergashev hamda klub katta murabbiyi Nodir Qo‘ziboevning ushbu hatti-harakatlari asosida surishtiruv ishlari boshlangan hamda ushbu holat yuzasidan ayni damda tekshiruv davom etmoqda."

Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov o‘zbek futbolida bunday xunuk holatlar kuzatilmasligi lozimligini aytgan.

"Yurtimizda futbolni isloh qilish, uni yangi darajaga olib chiqish, o‘zbek futboli dovrug‘ini dunyoga yoyish yo‘lida katta ishlar boshlanganidan barchaning xabari bor. Hukumat darajasida futbolimizga katta e’tibor qaratilayotgan bir paytda ko‘ngilni xira qiladigan bunday holat yuz berganini aslo yoqlab bo‘lmaydi. Har qanday holatda ham hech bir futbolchiga nisbatan klub rahbariyatining kuch ishlatishga haqqi yo‘q. O‘FA hamda PFL bundan buyon ham o‘z o‘yinchilariga nisbatan bunday behurmatlik qiladigan va ularning huquqlarini poymol etadigan har qanday klub rahbariyati va murabbiylariga nisbatan keskin choralar ko‘radi", Umid Ahmadjonovdan iqtibos keltiradi PFL rasmiy veb sayti.

Unda qo‘shimcha qilinishicha, Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga va Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, "Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashev va klub katta murabbiyi Nodir Qo‘ziboev har qanday futbol faoliyati olib borishdan butunlay chetlatilgan.

Ayni paytda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Pro B ligadagi "Iftixor" futbol klubi ta’sischilari ro‘yxatidan chiqish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Ozodlikka Yoshlar Ittifoqi matbuot kotibi Nodirbek Abduqodirov ma’lum qildi.

Yoshlar Ittifoqi matbuot kotibi zo‘ravonlik hodisasi "agar rost bo‘lsa, sabab va bahona bilan oqlab bo‘lmaydi", deb aytdi.

"Bu voqeani inobatga olgan holda Yoshlar Ittifoqi "Iftixor" klubi ta’sischilari tarkibini tark etishi haqida o‘ylab ko‘radi," - dedi Nodirbek Abduqodirov.

Ўзбекистон Ёшлар Иттифоқи "Ифтихор" футбол клуби таъсисчилари рўйхатидан чиқмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:58 0:00
Бевосита линк

Bir yil muqaddam tashkil etilgan "Iftixor" futbol jamoasi O‘zbekiston Pro B ligasida o‘ynaydi.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi klub ta’sischilaridan biri hisoblanadi.

Futbol jamoasi Pro B ligadagi 9 jamoa orasida 8 - o‘rinda bormoqda.

XS
SM
MD
LG