Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 00:05

Tojikistonning So‘g‘dida yil boshidan buyon 7 qiz olib qochildi


Joriy yilda Tojikistonda turmushga chiqmagan qizlarni uylanish maqsadida o‘g‘irlash holatlari ko‘payib, faqat So‘g‘d viloyatida 7 ta shunday hodisa qayd etilgan.

Tojikiston qonunchiligida qizlarni o‘g‘irlash uchun 8 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Besh kun oldin Sӯg‘d viloyatidagi Mastchoh tumanida ushbu mintaqada joylashgan harbiy qismning ikki askari 15 va 17 yashar qizlarni og‘irlab, avtomashina bilan Dushanbe shahriga olib borishga uringan.

Tojikiston ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, militsiya xodimlari Dushanbe yaqinidagi Varzob tumanida og‘rilarni qӯlga olib, qizlarni ota-onalariga qaytargan.

Ushbu manbaga kora, og‘rilar Mudofaa vazirligi askarlari bolib, qizlarga uylanish maqsadida ularni og‘irlagan.

2016 yili Mastchoh tumanida ayni shunday hodisa yuz berib, harbiy qismdagi bir askar 16 yashar qizni og‘irlab, janubiy Tojikistondagi Mo‘minobod tumaniga olib borgandi.

Ayni damda, Sӯg‘d viloyatidagi ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Akbar Sharipovning 30 may kuni davlat televideniyasidagi “Sipar” (Qalqon) dasturida xabar berishicha, 3 yigit mamlakat shimolidagi Zafarobod tumaniga kelib bir qizni og‘irlab Dushanbega olib ketishga uringan.

Uning qoshimcha qilishicha, og‘rilardan biri Abdurahmon Rahimiy qizga qarindosh bolib va unga uylanish niyatida bolgan, ammo qiz rozilik bermagan.

Abdurahmon Rahimiy “Sipar” dasturida qaysi maqsad bilan bunday amalga qol urganligini quydagicha shahrlab berdi:

“Men sevgan qizning boshqaga unashtirilishi ortidan ular toyini buzish maqsadida qizni og‘irlashni niyat qildim. Uni Zafarobod tumanidan Dushanbega olib kelib, uylanmoqchi edim”-dedi Abdurahmon Rahimiy.

Og‘rilar qizni zoravonlik bilan “Mersedes” mashinasiga mindirib, Dushanbe tomon yol olgan. Ammo, Dushanbe yaqinidagi militsiya postida ular qolga olingan.

Abdurahmon Rahimiy va uning ikki sherigi ustidan Jinoyat kodeksining 130- moddasi (“Odam og‘irlash”) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Ushbu modda asosida ayblanuvchilarga 8 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Turmushga chiqmagan qizlarni ularga uylanish maqsadida og‘irlash udumi Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham mavjud.

Joriy yil may oyida BMT Qirg‘iziston hukumatiga murojaat qilib, kelin o‘g‘irlash amaliyotiga barham berish uchun zarur choralar ko‘rishni va milliy qonunlar hamda mamlakat qo‘shilgan xalqaro shartnomalar bajarilishi kerakligini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG