Линклар

Шошилинч хабар
06 апрел 2026, Тошкент вақти: 13:35

Shveysariya prokuraturasi Karimovaning 700 millionini sudsiz Toshkentga berishga shoshilmoqda

O‘zbekistonga qaytarish so‘ralgan pullarning kattagina qismi Gulnora Karimovaning xos kotibasi (uning o‘ng tomonidagi) Gayane Avakyan nomiga Shveysariya banklarida ochilgan hisob raqamlarida muzlatib qo‘yilgan.
O‘zbekistonga qaytarish so‘ralgan pullarning kattagina qismi Gulnora Karimovaning xos kotibasi (uning o‘ng tomonidagi) Gayane Avakyan nomiga Shveysariya banklarida ochilgan hisob raqamlarida muzlatib qo‘yilgan.

Ozodlik O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Shveysariya bankida muzlatilgan 800 million Shveysariya frankining (shu kunda 810 million AQSh dollariga teng – tahr.) bir qismini Toshkentga qaytarish masalasi printsipda qariyb ijobiy hal bo‘lgani haqida xabar tarqatganidan ikki hafta o‘tib¸ Shveysariya matbuotida bu xabarni tasdiqlovchi ma’lumot paydo bo‘ldi.

Shveysariya prokuraturasi order berdi...

Mahalliy NZZ nashrida 16 iyun kuni chop etilgan "Pul yuvish: O‘zbekiston uchun millionlar" sarlavhali maqolada yozishicha¸ Shveysariya prokuraturasi 22 may kuni chiqargan ikkita orderda mamlakat banklarida muzlatilgan Gulnora Karimovaga qarashli ekani gumonlanaëtgan 800 million frankning 686.7 millionini tezlikda Toshkentga qaytarish so‘ralgan.

NZZ nashri o‘zi ko‘rganini iddao qilgan "jazo choralariga oid order"larda Gulnora Karimova tilga olinmagan. Nashrning yozishicha¸ bu hujjatlarda Gulnora Karimovaning “sobiq eri va yaqin hamkasbi”ning Shveysariya banklaridagi pullarini O‘zbekistonga qaytarish haqida gap boradi.

Nomlari keltirilmagan bu shaxslarning¸ Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarov va uning xos kotibasi Gayane Avakyan ekanini taxmin qilish mumkin. O‘zbekiston mahkamasi qarori bilan Gulnora Karimova biznes imperiyasidagi eng muhim sanalgan bu ikki shaxs hozirda 14 va 13 yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.

Shveysariya prokuraturasi 2012 yilda pul yuvish amaliyotlarida gumonlab jinoiy ishga tortganlar ro‘yxatida bo‘lgan Madumarov va Avakyan¸ NZZ nashrining yozishicha¸ Shveysariyada pul yuvish va hujjatlarni soxtalashtirganlikda ayblanmoqda.

O‘zbek qamog‘ida yozilgan iqror va so‘rov

Shveysar prokuraturasi orderida¸ ikkala ayblanuvchining o‘ziga qo‘yilayotgan bu ayblarga iqror bo‘lgani aytiladi. Orderlarda shuningdek¸ O‘zbekiston qamog‘idagi Madumarov va Avakyan¸ Shveysariya banklarida o‘z nomiga ochilgan hisob raqamlaridagi muzlatilgan pullarning musodara qilinishiga rozilik bergan va bu pullarning ular o‘g‘irlangan mamlakat – O‘zbekistonga qaytarishni so‘ragan.

Ayni ana shu iqror va so‘rovga asoslangan Shveysariya prokuraturasi¸ bu ikkala shaxs nomiga Jeneva va Tsyurix banklarida ochilgan hisoblardagi 686.7 million frank (700 million AQSh dollari) ni zudlik bilan O‘zbekistonga qaytarishni so‘ragan.

Prokuratura orderida¸ Shveysariya Federal kengashi (Shveysariya konfederatsiyasiga kiruvchi 7 hukumat rahbarlaridan tuzilgan oliy federal ijroiya tizimi -tahr.) ning 9 may kuni bu pullarni O‘zbekistonga qaytarish haqida bayonot bergani aytiladi.

Aprel oyida Gulnora Karimova bilan ko‘rishgan advokat e’tirozi

Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi advokati Grégoire Mangeat¸ shveysar prokuraturasining bunday orderini protsessual normalarni buzish¸ deb atagan.

Karimovaning xorijdagi advokatiga ko‘ra¸ “bunday jazo choralari adolatli mahkama prinsiplariga zid va Gulnora Karimovaning fundamental haqlarini buzishdir.

Grégoire Mangeat¸ shuningdek¸ Madumarov va Avakyanga o‘zbek qamoqxonasida yozdirilgan iqrorning haqqoniyligiga ham shubha bildiradi.

“Bunday iqror Shveysariya federal prokuraturasini faktlarni aniqlashtirish majburiyatidan ozod qilmaydi”¸ degan NZZ nashri gaplashgan Karimova advokati.

Ayni suhbat davomida Grégoire Mangeat joriy yilning 25-26 aprel kunlari Toshkentda Gulnora Karimova bilan uchrashgani va u o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni rad qilib¸ ularning sobiq sheriklaridan qiynoqlar ostida berilganini ta’kidlayotganini aytgan.

Shveysariyalik advorkati bilan suhbatda Karimova¸ G‘arb kompaniyalarining o‘ziga pora bergani haqidagi iqrorlarini¸ AQSh iqtisodiy sanksiyalariga chap berish yo‘li¸ sifatida baholagan.

Grégoire Mangeat¸ Shveysariya prokuraturasi tezroq tugatishga urinayotgan jinoiy ish doirasida qo‘yiladigan navbatdagi qadamlarini muhokama qilish maqsadida Gulnora Karimova bilan bir oy davomida birga ishlashi lozimligini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG