Линклар

Шошилинч хабар
14 декабр 2025, Тошкент вақти: 03:11

Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilinganiga 28 yil to‘ldi. Bu sana yana eslanmadi


1990 yilning 20 iyunida qabul qilingan Mustaqillik Deklaratsiyasi tashabbuschi va mualliflari.
1990 yilning 20 iyunida qabul qilingan Mustaqillik Deklaratsiyasi tashabbuschi va mualliflari.

20 iyun – O‘zbekiston Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun. Bundan 28 yil oldin qabul qilingan bu tarixiy hujjat to‘g‘risida O‘zbekistonda odatda gapirilmaydi, u umumxalq bayrami sifatida nishonlanmaydi.

80-yillarning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda tanilgan mashhur jurnalistlardan biri¸ mamlakat parlamentining sobiq deputati Dadaxon Yoqubov Ozodlik bilan suhbatda Deklaratsiya qabul qilinishi arafasida parlament ichida yuzaga kelgan vaziyat to‘g‘risidagi xotiralarini o‘rtoqlashdi.

Таниқли журналист Дадахон Ëқубов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:22:34 0:00
Бевосита линк

1990 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning yordamchisi bo‘lib ishlagan Yoqubovning aytishicha¸ “kommunist deputatlar qarshi bo‘lgani bois deklaratsiyaning qabul qilinishi bir kun kechikkan".

Deklaratsiya qabul qilingan 20 iyun kungi parlament majlisida Islom Karimov qatnashmasdan¸ Andijon viloyatiga safarga ketgan.

1990 yil 20 iyunda O‘zbekistan Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan.

1985-89 yillarda Kremldan Toshkentga vakil sifatida yuborilgan Vladimir Anishchev (hozirda marhum) Ozodlik bilan bundan 4 yil oldingi suhbatda Islom Karimov 1990 yilgi Mustaqillik Deklaratsiyasiga qarshi bo‘lganligini aytgan edi.

Ozodlik bilan 2018 yilning 18 iyunida suhbatlashgan Dadaxon Yoqubovning aytishicha¸ 19 iyun kuni Erk demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari Muhammad Solih kun tartibiga kiritgan Mustaqillik Deklaratsiyasi tortishuvlarida ham Karimov ishtirok etmagan:

- Karimov chaqirib mendan nima u deklaratsiya¸ 19 iyun kuni nimani tortishdinglar kimlar qarshi bo‘ldi deb so‘radi¸ deydi suhbatdosh.

Bir parcha qog‘oz?

Karimov hukumati nazdida 1990 yilning 20 iyunida imzolangan O‘zbekiston mustaqilligi deklaratsiyasi “arzimas bir oddiy bir qog‘oz”dir. Ayni pisanda mamlakat mustaqilligi deklaratsiyasi muhokama etilayotgan o‘sha kuni ham Karimov va Rossiya tarafdorlari tomonidan Oliy Kengash sessiyasida bir necha bor takrorlangan edi.

“Arzimas bir oddiy bir qog‘oz” degan kalimani Sovet O‘zbekistoni mulozimlaridan biri, hozirda marhum Shukrilla Mirsaidov saslantirgan edi.

Karimov o‘limidan keyingi o‘tgan ikki yil davrdagi o‘zbek matbuoti va rasmiylari ham bu kunga bepisandlik bilan qarashda davom etayotgani ko‘zga tashlanadi.

"Vaqti kelib aynan 20 iyun kuni Mustaqillik bayrami sifatida nishonlanishiga ishonaman"¸ deydi bu deklaratsiya uchun 28 yil oldin ovoz bergan sobiq deputat Dadaxon Yoqubov.

XS
SM
MD
LG