Линклар

Шошилинч хабар
19 сентябр 2018, Тошкент вақти: 10:04

"Mirziyoev lyustratsiyasi": Hukumat “jarrohlik yo‘li bilan” o‘qituvchilarni zulmdan ozod qilmoqchimi?


Uzbek banner - Round-table

21 iyun kuni O‘zbekiston xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakat Abdulla Aripov “O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish illatini jarrohlik yo‘li bilan bartaraf” qilishga va’da berdi.

O‘zbek o‘qituvchilarning mashhur qiziqchi aytmoqchi traktorchidan ham pasayib ketgan obro‘sini hukumat qay tarzda tiklay oladi?

Bu savol javobini Ozodlikning Qurultoy dasturida qidirdik.

Qurultoyda qatnashgan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi¸ shoir Muhammmad Ismoil “Hokim eshak mingan paytda ot mingan o‘qituvchilar” haqida gapirib¸ “Sovet davrida ham o‘qituvchining ahvoli hozirgidan yaxshi” bo‘lganini aytdi.

Ўзбекистон ҳукумати “жаррохлик йўли билан” ўқитувчиларни ҳоким зулмидан озод қилмоқчими?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:41:58 0:00

Eshittirishda qatnashgan toshkentlik jurnalist To‘lqin Po‘latov "O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men ham hurmat qilmayman", — deb aytgan Shavkat Mirziyoev gapidan iqtibos keltirib, "o‘qituvchining oyligi oshsa, obro‘si ham oshadi" deya ta’kidladi.

Ko‘plab rivojlangan davlatlarda o‘qituvchilik eng obro‘li kasblardan biri hisoblanishini urg‘ulagan kinoijodkor Abdulaziz Mahmud “o‘zbek o‘qituvchilari eng avvalo o‘z haq-huquqini talab qilishni “ o‘rganishi lozimligini aytdi.

2013 yildan buyon xalq ta’limi vaziri lavozimda ishlab kelgan Ulug‘bek Inoyatov 20 iyun kuni ishdan olindi.

Uning o‘rnini shu kungacha innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Sherzod Shermatov egalladi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari Qodirboy Bekturdiev, vazir o‘rinbosarlari Jahongir Sidiqov va Dilshod Kenjaev ham lavozimidan ozod qilindi. Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimini faqatgina Alisher Sa’dullaev saqlab qoldi.

Qurultoy dasturi qatnashchilari nazarida, bu xalq ta’lim sohasi doirasidagi “Mirziyoev lyustratsiyasidir”

XS
SM
MD
LG