Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:03

4 yashar qizni zo‘rlaganlikda ayblanayotgan yigit onasi iqrorning qiynoqlar ostida olinganini iddao qildi


O‘zbekistonda voyaga yetmagan qizlarning zo‘rlangani haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.
O‘zbekistonda voyaga yetmagan qizlarning zo‘rlangani haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

Termiz shaharida 4 yoshli qizchani jinsiy zo‘rlashda gumonlanib qo‘lga olingan 31 yashar yigitning onasi Ozodlik bilan suhbatda o‘g‘lini qiynab, aybni bo‘yniga qo‘yishganini iddao qildi. 16 iyun kuni Termiz shahri Bog‘zor mahallasidagi 7-sonli sanatoriy tipidagi bog‘cha yaqinida noma’lum erkak to‘rt yoshli qizchani zo‘rlagani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

(4 yashar qizni zo‘rlaganlikda ayblanayotgan yigit shaxsi aybsizlik prezumpsiyasi va tergov amaliyotlari davom etayotgani bois ochiqlanmayotir - tahr.)

Termizning Eski shahar qismida yashovchi ayol Ozodlik bilan suhbatda 4 yoshli qizchaning nomusiga tekkanlikda gumonlanib 23 iyun kuni IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan 31 yashar o‘g‘lining "qilmagan jinoyatiga qiynoqlar ostida iqror bo‘lgani"ini iddao qildi:

- Bular bolamni olib ketishdi, olib ketishib, Termiz shahar militsiyasi tergov izolyatorida boshiga salafan paket kiygizib, qiynab, 4 yoshli qizchani nomusiga tegding, deb aybni bo‘yniga qo‘yib qo‘yishibdi. Biz buni advokati orqali bildik. Shramlari borligi uchun ham uni biz bilan uchrashtirishmayapti, - deydi Ozodlikka bog‘langan ayol.

Sudlanuvchining advokati Izzat Toshev Ozodlik bilan suhbatda o‘z mijozi aybni bo‘yniga olganini aytdi, lekin qiynoqqa solingani haqidagi iddalarni na tasdiqlash va na inkor eta olishini bildirdi:

- Hozircha sizga hech narsa aytolmayman. Bola aybini bo‘yniga olayapti. So‘roq payti nima degan bo‘lsa¸ hammasi qog‘ozga tushirilgan. Qiynoqqa solishganmi, yo‘qmi, bu haqda hech narsa aytolmayman, tergov siri degan narsa bor, to‘g‘ri tushunasiz, - dedi Izzat Toshev.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda 4 yashar qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanib T.Z ismli 31 yoshli erkak qo‘lga olingani va unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 119-moddasi (Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish) bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini tasdiqladi, lekin uning qiynoqqa solingani haqidagi iddaolarni keskin rad etdi.

Mulozimga ko‘ra, gumonlanuvchi shaharning Bog‘zor mahallasidagi sanatoriy tipidagi 9-sonli bog‘chaning xavfsizlik kamerasiga yozilgan videotasvir asosida ushlangan:

- Bundan tashqari, biz ushlangan odamni bir qancha boshqa erkaklar bilan birga qizchaga ko‘rsatganimizda, qizcha ham shu gumonlanuvchini ko‘rsatayapti. Bolaning o‘zi ham bo‘yniga olayapti. Lekin surishtiruv davom etayapti, hali sud bo‘lgani yo‘q. Kim aybli ekaniga sud qaror beradi, - dedi Surxondaryo IIBsining ismi sir qolishini istagan mulozimi.

Ozodlikka shikoyat bilan chiqqan gumonlanuvchining onasi o‘g‘lining videoga tushib qolgani unga ayb qo‘yish uchun yetarli isbot emasligini iddao qiladi:

- Bular mening bolamni shu video bo‘yicha ushlashganda. Videoda bola u yerga yozilishga kirib chiqqan, uch minutga. U qiz ham shu yerda aylanib yurgan. Uch minutda nimani qilish mumkin, odam ishtonini yechishga ulgurmaydiku, bular bolamni shu qizning nomusiga tekkan, deb aybni bo‘yniga qo‘yishayapti, - deydi ayblanuvchining onasi.

Aybi isbotlangani taqdirda ayblanuvchi besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

O‘zbekistonda voyaga yetmagan qizlarning zo‘rlangani haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

Shu yilning fevral oyida Farg‘onada 6 yoshli Kibriyo ismli qiz o‘lik holda topilgan edi.

Guvohlar qizcha o‘ldirilishidan oldin jinsiy zo‘rlanganini aytishgan.

2015 yil Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida esa 7 yashar qizaloqni zo‘rlagan 15 yashar o‘smir to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.

XS
SM
MD
LG