Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:43

Tojikistonda 10 kishiga OITV yuqtirgan ayol ishi sudga oshirildi


Tojikiston janubidagi Shahrituz tumanida prokuratura bir ayol ishini erkaklarga jinsiy aloqa orqali Odam immun taqchilligi virusi yoki OITV yuqtirish ayblovi bilan sudga yubordi. Tergov jarayonida ma’lum bo‘​lishicha, bugungi kunda bu ayolning 10 ga yaqin erkakka OITV-infeksiyasini yuqtirgani aniqlangan.

Shahrituz tuman prokurori Umed Karimzodaning 5 iyul kuni Ozodlikka aytishicha, ismi oshkor etilmayotgan ayol ustidan tergov yakunlanib, sudga yuborilgan.

Jinoyat ishini iyun oyining oxirida sudga jo‘​natdik. Hozircha sud jarayoni boshlanadigan sana ma’lum emas. Ehtimol joriy oyning ikkinchi yarimida boshlansa,” - dedi Umed Karimzoda.

Uning ma’lum qilishicha, ikki farzandi bo‘lgan 30 yashar bu ayol, eridan ajralib uylanmagan yosh yigitlar va oilali bir erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgan.

Shahrituz tumandagi OITVga qarshi kurash markazi bo‘lim shifokori Sayido Murtazoevning aytishicha, bu ayol 2014 yildan beri mazkur markaz ro‘yxatida bo‘lishiga qaramay, bila turib erkaklarga ushbu virusni yuqtirgan.

Murtazoevning ta’kidlashicha, “ataylab odamlarga VICh virusini yuqtirish” ayblovi bilan qo‘lga olingan ayol, agar ayblov sudda isbotlansa, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ammo mazkur ayoldan 10 kishi jabr ko‘rgani inobatga olinsa, jazoning qattiqroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Sayido Murtazoevning aytishicha, hozircha ayolning intim xizmatidan foydalangan 10 nafar erkakning VIChga chalinganini tasdiqlash qiyin: virus olti oy ichida oshkor bo‘ladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, janubiy Tojikistondagi Xatlon viloyatida OITVga chalingan 2863 kishi qaydga olingan va ulardan 900 nafarini ayollar tashkil etadi.

Bu ayollar asosan fohishalik qilib yo narkotik moddalarga ruju qo‘ygani uchun yoda Rossiyadan qaytib kelgan erlaridan OITVni yuqtirib olgan.

1991 yili ilk bor Tojikistonda OITVga chalingan qaydga olingandi.

Oxiri 10 yil ichida mamlakatda bu virusga chalinganlar soni 25 foizga ko‘payib, hozir 8 ming kishini tashkil etadi.

O‘tgan davr ichida Tojikistonda VICh-SPIDdan 2400 kishi vafot etgan.

XS
SM
MD
LG