Линклар

Шошилинч хабар
02 апрел 2026, Тошкент вақти: 13:31

"Yechintirilgan ayol IIB xodimlari xo‘rlagan barcha ayollar timsoliga aylandi"

Uzbek banner -OzodNazar
Uzbek banner -OzodNazar

Samarqand viloyat Kattaqo‘rg‘on shahar IIB binosida jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimi San’at Umarov tomonidan do‘q va haqoratlar ostida 35 yoshlardagi ayolning qip-yalang‘och yechintirilgani haqidagi Ozodlik lavhasi jamoatchilikda katta rezonans uyg‘otgani kuzatildi.

Ayni rezonans fonida hayriya yig‘ib, ayolning ochiq hovlisiga darvoza o‘rnatib bergan bloger Karimberdi To‘ramurodning fikricha, "yechintirilgan ayol IIB xodimlari xo‘rlagan barcha ayollar timsoliga aylandi":

- Kimlardir menga ta’na qildi¸ nega shu ayolga shuncha e’tibor, deb. Bu ayol ichki ishlar iodoralarida yillar mobaynida muttasil qiynoqqa tutilgan¸ xo‘rlangan ayollarning umumlashma obrazi¸ simvoli va yorqin timsoliga aylandi"¸ dedi suhbatdosh.

Ozod Nazar: Ечинтирилган аëл- ИИБ хўрлаган барча аëллар тимсолига айланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:45 0:00

Blogerning ishonishicha, agar bu mavzuni Ozodlik ko‘tarmaganida bunaqa samarali ta’sir ham bo‘lmasdi:

- Sizlar yoritgandan keyin Bosh prokuratura bayonot berdi. Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboeva kattaqo‘rg‘onlik ayolning tahqirlanishini qattiq qoralab chiqdi. Tuman hokimligi devorini ko‘tarib berdi¸ do‘kon ochib berdi. Maqola yozilguncha qaerda edi bular? deydi suhbatdosh

XS
SM
MD
LG