Линклар

Шошилинч хабар
18 июл 2018, Тошкент вақти: 21:41

Samarqand hokimi bilan qo‘lga olingan mulozimning otasi: advokatga o‘g‘lim bilan uchrashishga izn berilmayapti (VIDEO)


Бош прокуратуранинг Самарқанд собиқ ҳокими ҳақида намойиш этган фильми
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:22 0:00

Bu videomaterial O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ruxsati bilan prokuraturaning Facebook sahifasidan olindi.

13 iyul kuni Ozodlikka murojaat qilgan Samarqand viloyat hokimligining bosh mutaxassisi lavozimida uch oy ishlagan 44 yashar Bahodir Xo‘jaqulovning otasi Yusupali Xo‘jaqulov 10 iyul kuni hibsga olingan o‘g‘lining IIV izolyatorida qiynoqqa solinayotganini iddao qildi.

Bahodir Xo‘jaqulov 10 iyul kuni Samarqand viloyat hokimi Turob Jo‘raev bilan birga ushlangan yuqori lavozimli mulozimlardan biridir.

Otasining aytishicha¸ u va boshqa ushlanganlarni O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 18-Tergov boshqarmasi 10 iyul kuniyoq Toshkentga olib ketgan.

O‘g‘lining qaerda saqlanayotgani va nimalarda ayblanayotganidan 13 iyul kuni tushdan keyin xabar topganini bildirgan Bahodir Xo‘jaqulovning otasi o‘g‘lining tergov izolyatorida qiynoqqa solinayotganidan ehtimolini iddao qildi:

- Men buni taxmin qilayapman. Ular unga pitka qo‘llagan¸ shuni yashirish uchun o‘g‘limni na bizga¸ na advokatiga ko‘rsatishmayapti. Qiynoq ostida bular cho‘chqani ham kuldirishini yaxshi bilamiz. Bu degani¸ istalgan odam qiynoq ostida istalgan jinoyatga iqrorman¸ deb yozib berishi mumkin. Men shuni taxmin qilayapman¸ deydi Bahodir Xo‘jaqulovning otasi 13 iyul kuni kechqurun Ozodlik bilan suhbatda.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:24 0:00
Бевосита линк

Bahodir Xo‘jaqulovning advokatiga ko‘ra¸ 13 iyul kuni u Bosh prokurtura rasmiysiga o‘zining Xo‘jaqulovga himoyachilik qilish haqida uning oilasi bilan tuzilgan shartnomani taqdim qilgan va mijozi bilan uchrashishga ruxsat so‘ragan.

Xo‘jaqulovning O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismida(katta miqdorda pora olish) ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotganini bildirgan prokuratura rasmiysi¸ advokatga mijozi bilan dushanba kuni uchrashishi mumkinligini bildirgan.

Ozodlik 12 iyul kuni o‘z rasmiy va norasmiy manbalariga tayanib¸ Samarqand viloyati hokimi Turob Jo‘raev va u bilan birgan o‘ndan oshiq mahalliy mulozimning hibzga olinganini xabar qilgan edi.

Bosh prokuratura tomonidan amalga oshirilgan bu hibsga olishlarga¸ Samarqand viloyatidagi noqonuniy qurilishlar va ulardagi katta miqdordagi poraxo‘rlik haqida mahalliy tadbirkorlar bergan ko‘rsatmalar asos bo‘lgan.

13 iyul kuni Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari yig‘inida Turob Jo‘raev jinoiy hatti-harakatlariga oid videomaterial namoyish qilingani haqida bevosita ushbu majlis ishtirokchilari Ozodlikka xabar qildi.

Ayni shu kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Facebookdagi rasmiy sahifasida huquq tizimlari tomonida ikki yirik korrupsion sxemaga chek qo‘yilgani haqidagi videomaterial e’lon qilindi.

Бош прокуратуранинг Самарқанд собиқ ҳокими ҳақида намойиш этган фильми
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:22 0:00

Bosh prokuratura rasmiy materialida bu korrupsion sxemalardan birining muallifi sifatida Samarqand viloyati hokimi Turob Jo‘raev¸ ikkinchisi esa¸ “O‘zdonmahsulot” boshqaruvi raisi Surat Haydarov ekani aytildi.

3 iyul kuni Ozodlik “O‘zdonmahsulot” shirkati raisi Surat Haydarovning 28 iyun kuni katta miqdorda pora olganlikda ayblanib¸ hisbga olingani haqida xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG