Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:03

Tojikistondagi bank O‘zbekiston ajratgan kreditni tadbikorlarga bera boshladi


Mart oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki prezident yaqin yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi $1 mlrdga etishiga umid bildirgan edi.
Mart oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki prezident yaqin yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi $1 mlrdga etishiga umid bildirgan edi.

Tojikistondagi “Amonat” davlat banki O‘​zbekiston bilan hamkorlik qilishi niyatida bo‘​lgan mahalliy tadbirkorlarga imtiyozli kredit berishni boshladi.

Joriy yil martida O‘zbekiston ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun Tojikistonga 100 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagandi.

Tojikistondagi “Amonat” davlat banki raisi Ruhullo Hakimzoda 24 iyul kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston davlati tomonidan ajratilgan 100 million dollar kreditni “Amonat”, “Oriyon” va “Esxata” banklari ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va tijoriy hamkorliklarni rivojlantishga hissa qo‘shishayotgan tadbirkorlarga ajratishini ma’lum qildi.

Hakimzodaning qo‘shimcha qilishicha, mazkur mablag‘dan 35 million AQSh dollari “Amonat” banki ixtiyoriga berilgan.

“O‘​zbekistondan Tojikistonga mahsulot olib kelayotgan tadbirkorlar “Amonat” davlat bankiga murojaat qilsa, biz ularga kafolat maktubi beramiz. Ushbu maktub asosida O‘​zbekiston xorijiy aloqalar banki kerakli mablag‘ni olib, mahsulot sotib olishlari mumkin. Masalan, tadbirkorlar Rog‘un GESi qurilishi uchun O‘​zbekistondan armatura yetkazadi”, - dedi Ruhullo Hakimzoda.

Hakimzodaga ko‘ra, O‘zbekistonda bir tonna armatura yo‘l xarajatlari bilan birga Qozog‘iston yoki Rossiyadan olinadigan mahsulotdan 90 dollar arzonroqdir.

Hozircha, 12 xususiy shirkat imtiyozli kredit uchun “Amonat” bankiga murojaat qilgan.

“Amonat” davlat banki rasmiylarining aytishicha, mazkur kredit yillik 8 foizga berilib, qarzni qaytarish muddati 3 yildan 5 yilgacha etib belgilangan. Shirkatlar va tadbirkorlarga qarz biznes-planlar va garov asosida beriladi.

Mahaliy tahlilchi Payrav Chorshanbeevning fikricha, O‘zbekistonning 100 million AQSh dollari miqdoridagi tojik tadbirkorlarga mo‘ljallangan kreditidan ham tojik tadbirkorlar, ham o‘zbekistonlik mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaat ko‘radi.

“O‘​zbekiston tomoni Tojikistonga ko‘​proq sanoat mahsulotlari eksport qilib, bu mamlakatda yangi bozorlarni egallaydi. Hozir Tojikiston bozorlarida Xitoy va Turkiya mollari bir-biri bilan raqobatlashmoqda. Kelgusida O‘​zbekiston arzon va sifatli mollari bunday raqobatga qo‘​shilishi mumkin,” - deb aytdi Payrav Chorshanbeev.

Oxirgi ikki yil ichida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy va tijoriy hamkorliklar rivojlana boshladi.

2017 yilda o‘zaro savdo aylanmasi 20 foiz o‘sib, 240 million AQSh dollarini tashkil qildi. Joriy yilning mart oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki prezident yaqin yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi $1 mlrdga yetishiga umid bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG