Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:01

“Adabiyot gazetasini Salimboyvachchaga, yerni dehqonga berish kerak”


Islom Karimov o‘z vaqtida mutaxassislarning taklifini qabul qilganida edi, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi oborotidagi yerlar postsovet mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib xususiylashtirilgan bo‘lar edi.

1991 yili o‘tkazilgan majlislardan birida bu masala qanday muhokama qilinganini publitsist Sharof Ubaydullaev bugungi suhbatda esladi.

“Адабиёт газетасини Салимбойваччага, ерни деҳқонга бериш керак”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:49 0:00
Бевосита линк

Yer masalasining eshittirishimiz kun tartibiga chiqishiga esa, prezident Mirziyoevning 1 avgustda imzolagan farmoni sabab bo‘ldi.

“O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga binoan bundan buyon qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish mumkin.

Bundan tashqari investorlar ko‘chmas mulk ob’ektlari, mehmonxonalar, savdo ob’ektlari, madaniy-ko‘ngilochar majmualar, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, yo‘l infratuzilmasi va boshqalarni qurish uchun yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini auksion orqali sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bas, shunday ekan, qishloq xo‘jaligi oborotidagi erlar qachon xususiylashtiriladi?

Bu Sharof Ubaydullaevga bugun bergan savollarimizdan biridir.

Adabiyot gazetasini kimga berish kerakligi to‘g‘risida esa, so‘raganimiz yo‘q. Gazetani Salim Abduvalievga berish masalasini Sharof Ubaydullaevning o‘zi ko‘tardi. Lekin suhbatdoshimizning bu “lirik chekinishi”, suhbatni diqqat bilan tinglasangiz, mutlaqo ortiqcha emasligini ilg‘aysiz.

Gap oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bilan bog‘liq savollardan boshlandi.

XS
SM
MD
LG