Линклар

Шошилинч хабар
17 август 2018, Тошкент вақти: 17:55

Mehribonlik uyida bolalarni kaltaklash va jinsiy zo‘rlashda ayblanganlarga hukm o‘qildi


Illyustrativ surat.

Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyida yetimlarga hukumat va xalqaro tashkilotlar tarafidan ajratilgan xayr-ehson pullarini talon-taroj qilganlikda, bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini jinsiy va jismoniy ekspluatatsiya qilinganlikda ayblanganlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Меҳрибонлик уйи тарбияланувчиларини калтаклаганликда ва жинсий алоқа қилганликда айбланганларга ҳукм ўқилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00

Ayblanuvchilarga nisbatan 18 aprelda boshlangan sud jarayoni nihoyasiga yetgani to‘g‘risida 7 avgust kuni O‘zA xabar berdi.

Jinoyat kodeksining 207–moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab sohtakorligi), 115-moddasi (shaxsning homilasini majburiy ravishda sun’iy tushirish) bo‘yicha ayblanayotgan sobiq direktor Kamol Yakubov va direktor o‘rinbosari Sobirjon Usmonov 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bundan tashqari feldsher Ixtiyor Yo‘ldoshev 3 yilu 6 oyga, tarbiyachi Ravshan Abdufattoev 3 yilga qamaldi.

Tarbiyachilar Xurshida Yakubova, Nargiza Solieva, enagalar Dildora Jo‘raboeva va XanifaTo‘raevalarga 3 yil ozodlikni cheklash, bosh hisobchi A.Muydinova va hisobchi A.Saidkamolovaga 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan jami 10 nafar odamga hukm chiqarildi.

Xabarda aytilishicha, tarbiyachilar Xurshida Yakubova va Nargiza Solieva, enagalar Xanifa To‘raeva va Dildora Juraboeva Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 3-7 yoshdagi bolalarni muttasil ravishda urib-do‘pposlagan. Shu kabi jinoyatlarni tarbiyachi Ravshan Abdufattoev va feldsher Ixtiyor Yo‘ldoshevlar ham sodir etgan.

“Bundan tashqari, voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi D.R. tarbiyalanuvchi A.R. bilan ixtiyoriy tarzdagi jinsiy aloqa natijasida homilador bo‘lib qolgani aniqlangan. K.Yakubov hamshira G.Topvoldieva (jinoyat ishining unga nisbatan qismi alohida ish yurituviga ajratilgan) bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, muassasa tarbiyalanuvchisi D.Rning xomilador bo‘lib qolganini ommaga oshkor qilmaslik va bu bilan mansab mavqeyiga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida g‘araz niyatda D.Rning homilasini sun’iy ravishda majburan tushirib yuborgan”., deyiladi xabarda.

Sudda S. Usmonov va I. Yo‘ldoshev ham muassasa tarbiyalanuvchisi A.R. va K.Plarga zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgani isbotlangan.

Direktor K.Yakubov, bosh hisobchi A.Muydinova, hisobchi A.Saidkamolova va direktor o‘rinbosari S.Usmonovlar oldindan jinoiy til biriktirib 167 million so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlar.

Ozodlik radiosi 2017 yilning 27 dekabrida Farg‘ona viloyati prokuraturasi Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyida xayr-ehson pullari talon-taroj qilingani bo‘yicha tergov boshlangani, keyinroq esa ish sudga oshirilgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

O‘shanda tergovchilar bolalar uyida tarbiyalanuvchilar jinsiy va jismoniy ekspluatatsiya qilingani iddaolarini ham o‘rganib chiqqani, lekin jo‘yali isbot-dalil bo‘lmagani va jabrlanuvchilardan bu borada shikoyat tushmagani sabab bu ish bo‘yicha tergov to‘xtatilganini bildirishgani ham aytilgandi.

XS
SM
MD
LG