Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:20

Toshkentdagi muz saroyi qurilishida ishchi balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi


12500 o‘rinli muz Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasidagi 9 gektar maydonda qurilmoqda.
12500 o‘rinli muz Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasidagi 9 gektar maydonda qurilmoqda.

Toshkentdagi Humo Arena muz saroyi qurilishida halok bo‘lgan 30 yoshli ishchi Muhiddin Holiqovning yaqinlari qurilishni olib borayotgan shirkatdan tovon puli talab qilmoqda. Ularga ko‘ra, Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumani Qishlik qishlog‘idan bo‘lgan Muhiddin Xoliqov 21 iyul kuni muz saroyi gumbazi temir ustunidan yiqilib tushgan va bir hafta o‘tib kasalxonada hushiga kelmay jon taslim qilgan.

Yaqinlaridan biri Muhiddin Holiqovning fojiali o‘limidan 20 kun o‘tib na hukumat va na qurilish shirkati marhumning oilasiga tovon puli berganini aytadi.

- Ikki qizi yetim qoldi. Oilasiga kim tovon to‘laydi, hukumatmi yo qurilishni olib borayotgan shirkatmi?, - deya nolidi Ozodlik suhbatlashgan marhumning ismini aytmagan qarindoshlaridan biri.

Toshkentdagi Humo Arena muz saroyi qurilishida halok bo‘lgan 30 yoshli ishchi Muhiddin Holiqov.
Toshkentdagi Humo Arena muz saroyi qurilishida halok bo‘lgan 30 yoshli ishchi Muhiddin Holiqov.

Muhiddin Holiqov yaqinlari adolat talab qilib, huquq-tartibot organlariga murojaat qilmaganliklarini aytdi.

Humo Arena muz saroyi kompleksini qurish bo‘yicha bosh pudratchi hisoblangan Singapurning Enter Engineering shirkati surishtiruv natijalariga qarab marhumning oilasiga tovon puli belgilanishini aytdi.

- Hozir biz bu hodisaga nima sabab bo‘lganini bilmaymiz. Ishchi balandlikka chiqqanida xavfsizlik kamarini bog‘laganmi? Lekin tovon berish masalasi ko‘rilyapti, - dedi Enter Engineering shirkatining Ozodlik suhbatlashgan kadrlar bo‘limi xodimi.

Lekin, Muhiddin Xoliqovning hamkasblaridan biri uni ichmaydigan, intizomli ishchi sifatida ta’rifladi.

- Ota-onasining yagona o‘g‘ili edi. Muhiddinni o‘zini esa ikki qizi bor. Unaqa ichadigan bola emas edi. Extiyotsizlik qilgan bo‘lishi mumkin, lekin bu uni aybi emas-ku, - dedi Ozodlikka gapirgan marhumning ismini aytmagan hamkasbi.

12500 o‘rinli muz Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasidagi 9 gektar maydonda qurilmoqda.Kompleks qurilishi 2018 yilning kuzida yakuniga yetishi ma’lum qilingan.

Muz kompleksi qurilishi fevral oyida boshlangan edi. Bu yerda qishki sport turlari (xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling) bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, konsert, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.

"Humo qushi" muz kompleksining maketi.
"Humo qushi" muz kompleksining maketi.

Enter Engineering guruhi turi murakkablikdagi sanoat va texnologik ob’ektlarni qurishga ixtisoslashgan bo‘lib, Rossiyaning "Gazprombank"i uning aksiyadorlaridan hisoblanadi.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, muz saroyi qurilishini kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik oligarx Alisher Usmonov moliyalashtirgan.

XS
SM
MD
LG