Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2018, Тошкент вақти: 23:48

Namanganning Chorsu bozorida do‘konlaridan quvilgan tadbirkorlar g‘alayon ko‘tardi (VIDEO)


Namanganning Chorsu bozoridagi do‘konlar yopib qo‘yilgan.

Namangan shahridagi Chorsu dehqon bozorida yillardan beri savdo qilib kelgan tadbirkorlar do‘konlari 21 iyuldan shahar hokimligi tomonidan hech qanday ogohlantirishsiz yopib qo‘yilishi ortidan g‘alayon ko‘tardi. Yuzga yaqin tijoratchi bilan Naamangan shahar hokimligi mas’ullari do‘konlarning yopilishi borasida muloqot qilishga uringan, biroq savdogarlarning do‘konlarni qayta ochish talabi qondirilmagach, vaziyat taranglashgan.

Ozodlik suhbatlashgan namanganlik savdogar ayolning aytishicha, 9 avgust kungi norozilikka Namangan shahar hokimiyatining do‘konlarni yopish va savdoni “Do‘stlik” bozori hamda "Dunyo" savdo markaziga ko‘chirish qarori sabab bo‘lgan.

"To‘rt qavatli kompleks qurilgan, o‘sha yerga ko‘chasizlar, deyapti. U yerni arendasi oyiga 400 dollar, qaerdan topamiz bu pulni. Ikkinchidan u yerga hech kim bormaydi, hamma Chorsu bozoriga o‘rgangan", - deydi savdogar ayol.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:44 0:00
Бевосита линк

Bir oy avval chiqqan hokimiyat qaroriga binoan, buyum bozoriga yaqin joylashgan do‘konlar yopilgan va savdogarlar do‘konlarga kiritilmagan.

Наманган деҳқон бозорида тадбиркорлар дўконларининг кўчирилишига норозилик билдирмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:52 0:00

Bozor ma’muriyati shahar hokimligining bozorni tartibga solish chora-tadbirlari doirasida kiyim-kechak do‘konlari yopilganini tasdiqladi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan namanganlik boshqa bir tadbirkor shahar hokimligining do‘konlarni yopish qarorini prezident siyosatiga zid deb bilishini aytadi.

- Prezidentimiz bitta ish o‘rni yaratgan odamni boshimga ko‘taraman, deganlar. Hokimiyat do‘konlarni yopib, yuzlab odamlarni ishsiz qoldiryapti, - deydi ismi sir qolishini istagan namanganlik tadbirkor.

Namanganning Chorsu bozorida bundan oldin bozordan quvilgan yoymachilar g‘alayon ko‘targandi.

18 iyul kuni Chorsu bozorida yoymachilar savdo-sotiq qilishga qo‘yilmaganiga norozilik bildirib chiqqani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Наманган деҳқон бозоридаги ёймачи аёлларнинг бозордан қувилишига қарши норозилиги
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:57 0:00
Бевосита линк

Namangan shahri Chorsu dehqon bozoridagi yoymachilar bilan militsiya xodimlari o‘rtasida yuz bergan tortishuv aks etgan videoda ayollarning militsiya xodimlari va hokimlik mulozimlari bilan tortishuvi va shovqin-suron bilan tunuka devorni buzib tashlagani ko‘rinadi.

Tunuka devorni buzishda ishtirok etgani uchun militsiya tomonidan ushlangan va jarimaga tortilgan ayollardan biri voqea tafsilotini Ozodlikka gapirib bergandi.

- Bu yerda shunchalik qo‘pol munosabat qilishyaptiki, cheki yo‘q. Ogohlantirish yo‘q, bir kunda kelib yig‘ishtiringlar, deyapti. Ulug‘bek degan hokim muovini kelib, narsalarimizni otib yubordilar, o‘zimizni tepib tashladilar. Devor tunuka yiqilib ketganidan so‘ng, meni kameraga tushgansan deb turib, uyimdan milisa olib ketdi va kechasi soat birgacha 3-sonli milisaxonada ushlab o‘tirdi, keyin qo‘yvorishdi. Juma kuni esa sayyor sud qilib, qariyb 800 ming so‘m jarima qilishdi, - deydi ayollardan biri.

O‘zbekistonda bozorlardagi rastalardan tashqarida, yo‘llarda savdo qiladigan kichik savdogarlarni mahalliy hokimlik va soliq inspeksiyasi xodimlari muntazam ta’qib qilib keladi.

O‘zbekistonning boshqa viloyat va tuman markazlarida bozorlarning buzilishi, yoymachilarning tirikchilik manbaidan judo qilinishi ularning keskin noroziligi manzarasida kechadi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 27 martdagi 2853-sonli qarorga muvofiq mamlakatda bozorlar rekonstruksiya qilinmoqda.

O‘zbekistonning boshqa o‘nlab shaharlari bozorlaridagi do‘konlarning yopilishi yoki buzilishi savdogarlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG