Линклар

Шошилинч хабар
07 май 2024, Тошкент вақти: 01:53

Talabalari bir-birlarini pichoqlagan Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori besh yarim yilga qamaldi


Toshkent yuridik kolleji sobiq direktori Natalya Temirova 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. “Gazeta.uz" nashrining bildirishicha, hukm Toshkent shahri Uchtepa tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida 10 avgust kuni o‘qildi.

Natalya Temirova, bundan tashqari, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik ish haqining 350 barobari miqdorida, ya’ni 52 421 250 so‘m jarimaga tortildi.

Kollejda ish yurituvchi kotib va xodimlar bo‘limi inspektori bo‘lib ishlagan Abdulazizjon Salimjonovga esa 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda eng kam oylik ish haqining 310 barobari miqdorida, ya’ni 46 430 250 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Temirova va Salimjonov kollej mablag‘larini ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, mansabini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib o‘tgan yilning dekabr oyi oxirlarida qamoqqa olingan edi.

Natalya Temirovaga nisbatan yuridik kollejga noqonuniy yo‘l bilan o‘qishga kirgan talabalarga diplomlar berish kabi ayblovlar ham ilgari surilgan edi.

2017 yilning 6 oktabr kuni mazkur kollej hududida 3-kurs talabalari o‘rtasida janjal chiqqani, Saidkamron Saidvohidov o‘zining ikki kollejdoshi — Asadbek Parpiboev va Rahmatilla Yorqorievga pichoq bilan tan jarohati etkazgani to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgan.

Bu voqea ortidan 7 oktabr kuni kollej direktori Natalya Temirova o‘z lavozimidan ozod etilgan.

Jabrlanuvchilarning biri — Asadbek Parpiboev shifoxonaga olib borilganida ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgandi.

Joriy yilning fevral oyi oxirplarida Toshkent shahar Uchtepa tuman sudi Saidkamron Saidvohidovning ustidan hukm chiqargan.

Tuman sudi hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Bir necha kun avvalroq Marg‘ilondagi 1-sonli Mehribonlik uyining sobiq rahbarlari va tarbiyachilariga nisbatan 18 aprelda boshlangan sud jarayoni avgustning boshida yakunlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Jamoatchilik tomonidan Mehribonlik uyida yetimlarga hukumat va xalqaro tashkilotlar tarafidan ajratilgan xayr-ehson pullarini talon-taroj qilganlikda, bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini jinsiy va jismoniy ekspluatatsiya qilinganlikda ayblanganlarga nisbatan “sud tomonidan o‘ta yengil jazo choralari qo‘llanilgani”dan norozilik bildirilgan.

Suldd hukmi bilan sobiq direktor Kamol Yakubov va direktor o‘rinbosari Sobirjon Usmonov 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

XS
SM
MD
LG