Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:08

O‘zbekiston Tojikiston bilan o‘zaro strategik sherikka aylandi (FOTO)


Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon bir necha marta quchoqlashib ko‘rishdi.
Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon bir necha marta quchoqlashib ko‘rishdi.

Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Hujjatda uzoq muddatli va barqaror sheriklik munosabatlari o‘rnatish maqsadi, o‘zaro hamkorlikning strategik yo‘nalishlari belgilangan, deb xabar qildi president.uz sayti.

Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini ham imzoladi.

Shuningdek, sanoat, standartlash va sertifikatlash, chegaradan o‘tkazish, ta’lim hujjatlarini tan olish, geodeziya va geologiya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 27 ta hujjat imzolandi. Jumladan, Surxondaryo viloyati bilan Xatlon viloyati, Samarqand viloyati bilan So‘g‘d viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik to‘g‘risida bitimlar qabul qilindi.

Тожикистон президенти Тошкентга ташрифида Шавкат Мирзиëевни ўзбекча олқишлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:06 0:00

Davlat rahbarlari bo‘lib o‘tgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlardan mamnunligini, Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ular orasida alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

“O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlaridagi katta o‘zgarishlar haqida ko‘p gapirish mumkin. Lekin eng muhim yutuq – amaliy ishlarimiz millionlab odamlarga naf keltirayotgani, ularning qalbida iliqlik uyg‘otayotganidir. Biz bundan buyon ham xalqlarimiz do‘stligining buzilmas ko‘prigini har tomonlama mustahkamlashga harakat qilamiz”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan 17 avgust kuni ertalab davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoev kutib oldi.

Oliy martabali mehmonni aeroportda kutib olish marosimi O‘zbekiston tarixida birinchi marta “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Emomali Rahmon Prezidentimiz hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov Feysbukdagi sahifasida Emomali Rahmonning davlat tashrifi dasturini jamoatchilikka e’lon qilgan edi.

Allamjonovning xabar qilishicha, Tojikiston prezidenti Toshkentda Mustaqillik monumentiga gul qo‘yadi va shundan so‘ng Ko‘ksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o‘tkaziladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Kunning ikkinchi yarmida “O‘zekspomarkaz”da Tojikiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘ladi. Emomali Rahmon poytaxtdagi “Artel” zavodiga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Shu kuni O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining ikki mamlakat san’at ustalari ishtirokida o‘tkaziladigan konsertda qatnashishi rejalashtirilgan.

Tojikiston Prezidenti 18 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Emomali Rahmon shu kuni Samarqandga tashrif buyurib, diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qiladi.

Tashrif davomida dasturga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu yil 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG