Линклар

Шошилинч хабар
16 июн 2024, Тошкент вақти: 05:29

AQSh senatori Jon Makkeyn 81 yoshida olamdan o‘tdi


Amerikalik respublikachi senator Jon Makkeyn 81 yoshida olamdan o‘tdi. So‘nggi oylarda senator miya saratoni bilan olishayotgandi. 25 avgust kuni Makkeyin oilasi senator saratonga qarshi muolajani davom ettirishdan voz kechgani haqda ma’lum qilgan edi.

AQShda 2008 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lgan arizonalik senator Jon Makkeyn 81 yoshida vafot etdi.

2017 yili Makkeynda bosh miya saratoni aniqlangandi. Xastaligiga qaramasdan u Senatda ishlashda davom etdi.

Siyosatchi so‘nggi oylarda Arizona shtatidagi o‘z uyida bosh miya saratonini davolash uchun fizioterapiyadan o‘tayotgandi.

25 avgust uning qarindoshlari bemor davolanishni to‘xtatgani haqida ma’lum qilishgandi.

Makkeyin oilasi senatorni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik izxor etdi.

AKSh prezidenti Donald Tramop sanator oilasiga ta’ziya bildirdi.

Makkeyn 1936 yili AQSh Harbiy-havo kuchlarining Panamadagi bazasida harbiylar oilasida dunyoga kelgan.

Respublikachilar partiyasiga qo‘shilib, katta siyosatga kirib kelishdan avval Makkeyn aviatsiyada xizmat qilgan.

Vetnamdagi urushda qatnashgan.

Urush vaqtida uning samolyoti urib tushirilgan, o‘zi esa qo‘lga olinib, 5 yarim yil asirlikda saqlangan va qiynoqqa solingan.

81 yoshli Jon Makkeyn Vetnam urushi veterani bo‘lgan.

U 2008 yilda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan.

Putinning ashaddiy tanqidchisi, Rossiyaga qarshi qattiq siyosat tarafdori Makkeyin so‘nggi yillarda AQSh Senatining Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasiga rahbarlik qildi.

XS
SM
MD
LG