Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 17:43

Armaniston bosh vaziri: Rossiya bilan tabiiy hamkorligimiz davom etadi


Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan. Sochi, 2018, 14 may.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan. Sochi, 2018, 14 may.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan va Moskva o‘rtasidagi aloqalarni “o‘z tabiiy yo‘lidan ketayotgan jarayon“ deb ta’riflab, ikki davlat o‘rtasidagi muammolarni kichraytirib ko‘rsatishga urindi.

2 sentabr kuni Facebookda fuqarolarning savollariga jonli javob bergan Pashinyan, shuningdek, Rossiyaga xizmat safari bilan borib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashishini e’lon qildi, ammo bu reja aynan qachon amalga oshishini ochiqlamadi.

- Bu uchinchi uchrashuvimiz bo‘ladi. O‘zaro aloqalarimiz bo‘yicha ko‘plab masalani ko‘rib chiqamiz hamda bir necha muammoga yechim topamiz, - dedi vazir.

- Barcha muammolar hal etiladi, deb bo‘lmaydi, ammo tabiiy hamkorligimiz davom etishini aniq ayta olaman.

Ayrim tahlilchilarning fikricha, Armaniston parlamenti ko‘rgan ayrim choralar, jumladan, 2008 yilda sodir bo‘lgan muxolifat namoyishlarini tarqatishda keskin kuch qo‘llangan sobiq rasmiylarning javobgarlikka tortilgani Rossiyaga ma’qul kelmagan.

Javobgarlikka tortilganlar orasida sobiq prezident Robert Kocharyan bilan birga Rossiya yetakchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining yetakchisi Yuriy Xachaturov ham bor.

Iyulda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Armaniston yetakchilari o‘zlaridan oldin ishlaganlarga siyosiy sabablarga ko‘ra tazyiq o‘tkazmaslikni va’da qilganini aytib, yangi hukumat sobiq rasmiylarni javobgarlikka tortganini qoralagan edi.

Avgustda esa 2008 yilgi namoyishlarda muxolifatchi sifatida muhim rol o‘ynagan Pashinyan Moskva Armanistondagi “yangi siyosiy muhitga ko‘nikishi“ kerakligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, o‘tgan haftada Kreml rasmiy saytida Rossiya prezidenti Vladimir Putin 31 avgust kuni sobiq prezident Kocharyanga qo‘ng‘iroq qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani haqida xabar qilindi. Kreml bayonotida telefon mulofoti tafsilotlari ochiqlanmadi.

Ayrimlar bu holat Armanistonning yangi hukumati bilan Moskva o‘rtasidagi aloqalar sovub borayotganidan dalolat beradi, degan xulosaga keldi.

31 avgust kuni Rossiyaning “Interfaks“ axborot agentligi Moskva Armanistonning sobiq mudofaa vaziri Mikael Arutyunyanni ekstraditsiya qilishdan bosh tortgani haqida xabar qildi. “Interfaks“ xabarida e’tirof etilishicha, Rossiya rasmiylari Arutyunyan Rossiya fuqarosi ham ekanligini aytib, Yerevan talabini bajarmagan.

Ammo Armaniston prokuraturasi matbuot kotibi Arutyunyan qaerdaligi noma’lum ekanligini aytib, bu xabarni rad etdi.

Armaniston rasmiylari Arutyunyanni 2008 yilgi namoyishlar bostirilishidagi roli uchun javobgarlikka tortishni istaydi.

XS
SM
MD
LG