Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:15

G. Karimovaning Shveysariya bankidagi qutilarda saqlangan "so‘nggi vasiyatlari" mazmuni oshkor bo‘ldi


Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi maxsus qutida saqlab kelingan so‘nggi vasiyatida o‘ziga oid barcha boylikni o‘g‘li Islom va qizi Imonga qoldirishini vasiyat qilgan.
Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi maxsus qutida saqlab kelingan so‘nggi vasiyatida o‘ziga oid barcha boylikni o‘g‘li Islom va qizi Imonga qoldirishini vasiyat qilgan.

4 sentabr kuni Stokholm sudida boshlangan mahkama jarayonida shved prokurori Gunnar Stetler¸ Gayane Avakyan¸ Rustam Madumarov kabi Gulnora Karimovaga yaqin shaxslar nomiga ochilgan offshor shirkatlari¸ ularga qarashli aksiya va boshqa boyliklarning asl egasi aynan Gulnora Karimova ekanini tasdiqlovchi faktlarni taqdim etdi.

Stokholm sudida 14 dekabrga qadar davom etadigan mahkamada Shvetsiyaning eng yirik telekommunikatsiya shirkati TeliaSoneraning uch sobiq rahbari 2007-2010 yillar davomida o‘sha davrdagi O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga 400 million AQSh dollariga yaqin pora berganlikda ayblanmoqda.

Ayblov xulosasiga ko‘ra¸ Gulnora Karimova¸ O‘zbekiston telekommunikatsiya sektorini amalda to‘lig‘icha nazorat qilgan va bu bozorga kirish uchun xorij shirkatlari "kelishuv" qilishi lozim bo‘lgan shirkatlarning hammasi¸ xususan¸ TeliaSonera turli sxemalar orqali yuzlab million dollar to‘lagan Takilant shirkati aslida Karimovaga qarashli bo‘lgan.

Sud jarayonida bu ayblovni quvvatlash uchun namoyish etilgan hujjatlar nusxasi Stokholm shahar sudi va prokuror Gunnar Stetler tomonidan rasman taqdim etildi.

Gayane Avakyanning Takilant egasi sifatida yozgan vasiyati nusxasi.
Gayane Avakyanning Takilant egasi sifatida yozgan vasiyati nusxasi.

Bu hujjatlar orasida Gulnora Karimova va unga xizmat qilgan qator shaxslarning "so‘nggi vasiyat"lari ham bor.

Bu shaxslar nomiga offshor hududlarda ochilgan (aniq soni noma’lum¸ ammo OCCRP 100 dan ko‘pligini taxmin qiladi - tahr.) turli shirkatlar nomiga ochilgan bank hisoblariga¸ Shveysariya¸ Hollandiya¸ AQSh va Shvetsiya prokuraturasi ta’kidicha¸ yuzlab million dollar pul qo‘yilgan¸ ular nomiga dunyoning qator shaharlarida qimmatbaho ko‘chmas mulk sotib olingan.

Rustam Madumarovning Swisdorn Limited egasi sifatida ëzgan vasiyati
Rustam Madumarovning Swisdorn Limited egasi sifatida ëzgan vasiyati

Ana shu boyliklarini Gayane Avakyan¸ Rustam Madumarov va Marina Klyueva kabilar nomiga rasmiylashtirgan Gulnora Karimova¸ Stokholm mahkamasida ko‘rsatilgan hujjatlardan ayon bo‘lishicha¸ bu boyliklarning rasmiy egasi deb ko‘rsatilgan shaxslar qo‘liga o‘tmasligi va ularda qolib ketmasligini oldini ancha oldindan olib qo‘ygan.

Marina Klyuevaning so‘nggi vasiyati
Marina Klyuevaning so‘nggi vasiyati

Shved mahkamasiga taqdim etilgan hujjatlar 2004 yilda rasmiylashtirilgan va ular Shveysariya prokuraturasi tomonidan Gulnora Karimovaga qarashli ekani taxmin etilgan bank hisoblaridagi pullar muzlatilishi ortidan Karimovaning ayni banklardan konfiskatsiya qilingan maxsus qutilarida saqlangan.

Karimova boyliklariga eltuvchi bu “bebaho qog‘ozlar” “so‘nggi vasiyat” deb ataladi.

Shved prokurori Gunnar Stetler o‘z taqdimotida ulardan to‘rttasini namoyish qildi.

Bular Gulnora Karimovaning sobiq eri Rustam Madumarov¸ uning shaxsiy yordamchisi Gayane Avakyan va nomiga qator bank hisoblari¸ offshor shirkat va ko‘chmas mulk rasmiylashtirilgan Marina Kyuevalarga yozdirib olingan vasiyatnomalardir.

Ingliz tilida¸ aftidan¸ O‘zbekiston tashqarisida rasmiylashtirilgan bu hujjatlar matni bir xil¸ faqat shaxslar nomi va ularga oid ma’lumot almashgan¸ xolos.

Avkyan¸ Madumarov va Kyuevalarga qo‘l qo‘ygan hujjatlar matni bundan oldin rasmiylashtirilgan har qanday mulkka oid vasiyatnomadan voz kechish va yagona va so‘nggi hujjat ayni ana shu vasiyatnoma ekanini ta’kidlash bilan boshlanadi.

Avakyan¸ Madumarov va Klyuevalar¸ mahkamada namoyish etilgan va nusxasi Ozodlikka berilgan vasiyatnomalarida¸ Takilant, Swisdorn va Marvelgate shirkatlariga oid barcha boyliklarning yagona va so‘nggi egasi Gulnora Karimova ekani va o‘zlaridan keyin bu shirkatlar va unga oid boyliklarni Gulnora Karimovaga vasiyat qilib qoldirishlarini yozadi.

Shved prokurori¸ o‘z ayblovi uchun TeliaSonera va VimpelCom shirkatlari bilan kelishuv imzolagan “hamkorlar” - Takilant va Swisdorn Limited shirkatlarining asl egasi¸ rasmiy registratsiyada ko‘rsatilgan Avakyan va Madumarov emasligini isbotlash uchun aynan shu vasiyatnomalarni o‘z taqdimotiga ilova qildi.

Stetlerning Ozodlikka aytishicha¸ Shveysariya prokuraturasi tomonidan konfiskatsiya qilingan qutilar ichida¸ bunday vasiyatnomalar anchagina.

XS
SM
MD
LG