Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:09

Rossiya parlamenti xorijliklarga taksichilik qilishni taqiqlamoqchi


Taksi
Taksi

Rossiya parlamenti xorijliklarga taksichilik bilan shug‘ullanishni taqiqlovchi qonun loyihasi ustida ishlamoqda. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun qabul qilinsa, xorij haydovchilik guvohnomalariga ega Rossiya grajdanlariga ham avtomobil boshqarish taqiqlanishi mumkin.

Rossiya Davlat Dumasi chet el grajdanlariga Rossiya hududida taksi haydovchisi bo‘lib ishlashni taqiqlovchi qonun ustida ish olib bormoqda.

Bu haqda Gazeta.ru nashriga bergan intervyusida xabar qilgan parlamentning Transport va qurilish bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yevgeniy Moskvichyov mazkur loyiha yuzasidan jamoatchilik va mutaxassislar fikrlari jamlanayotganini bildirdi.

- Bizda xorijliklarga Rossiyada yengil taksilarda haydovchilik qilishni man etish to‘g‘risida taklif paydo bo‘ldi, chunki bunga juda erkinlik berib yuborildi, mashinaning qaerda ekani va hokazo xulosalar kelib chiqayapti. Bu haqda jiddiy mulohaza yuritayapmiz, dedi Moskvichyov qo‘mita yig‘ilishida qilgan chiqishida.

Ayni damda, yo‘lovchi transport sohasi mutaxassislari va yuristlar xorijliklarga transport boshqarishni man etish oddiy inson haqlari buzilishi o‘laroq baholanishidan ogohlantirmoqda.

Qo‘mita deputatlari migrantlar hayotini yanada murakkablashtirish ustida bosh qotirayotgan bir paytda,senator Axmat Salpagarov 20 sentabr kuni Dumaga xorijliklarga chet elda berilgan haydovchilik guvohnomasi bilan har qanday mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni taqiqlovchi qonun loyihasini muhokamaga kiritdi.

Qonun loyihasida xorijda berilgan milliy va hatto xalqaro haydovchilik guvohnomalari bilan taksichilik yoki boshqa mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish man etilishi ko‘zda tutilgan.

Unda Rossiya haydovchilik guvohnomalariga o‘tishga yarim yillik muhlat ham berilishi qayd etib o‘tilgani ma’lum bo‘ldi.

Bu o‘zgartishlar “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 25- moddasiga kiritilishi belgilangan. Gap shundaki, yaqinda bu moddaga xorij guvohnomalariga ega haydovchilarga mashina boshqarishni taqiqlovchi yangilik kiritilgandi.

Biroq, Rossiya bilan qo‘shni bo‘lgan, ayniqsa, u bilan “hamkorlik” shartnomalarini imzolagan davlatlar noroziligi tufayli Qirg‘iziston va Belarus grajdanlari “qora” ro‘yxatdan chiqarilgan edi.

Taklif etilayotgan yangi tartibga ko‘ra, Rossiya bilan yo‘l harakati xavfsizligi borasida xalqaro shartnoma tuzgan davlatlar grajdanlarigina milliy guvohnomalarini Rossiya avtoiyspeksiyalarida almashtirib olishi mumkin.

Joriy yilning yanvar-iyun oylari oralig‘ida 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya vatandoshligini qabul qildi. Politsiya grajdanlikka yangi qabul qilinganlar 6 oy davomida milliy haydovchilik guvohnomalarini almashtirib olishlarini qonuniylashtirmoqchi ekanini ham ma’lum qildi.

Loyiha tashabbuschilari o‘zgartishlar Rossiyada yo‘l harakati xavfsizligini oshiradi va avtotransport xizmati sifatini oshiradi, demoqda.

Oldinroq Ozodlik Davlat Dumasi va mintaqaviy parlamentlar Rossiyada ko‘plab sohalarda mehnat migrantlarini qaydga turishi va ko‘plab sohalarda faoliyat yuritishiga cheklovlar qo‘yayotgani borasida xabar bergan edi.

Rossiya GIBDDsi ma’lumoticha, shu kunda birgina Moskvada 30-40% taksi haydovchilarida xorijlik guvohnomalari mavjud.

Mazkur haydovchilar asosan Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Belarusdan ekani ham qo‘shimcha qilindi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi o‘z tashabbusini qo‘llab-quvvatlash uchun keltirayotgan statistika raqamlarida 2018 yilning birinchi 7 oyi davomida xorijlik haydovchi guvohnomalariga egalar tomonidan 5 mingdan ziyod yo‘l-transport hodisasi sodir etilganini keltirmoqdaki, u Moskvada jami hodisalarning 21 foizini tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 16 iyun kuni charchoqdan uxlab qolgan qirg‘izistonlik 28 yashar Chingiz Anarbek o‘g‘li Moskva markazida 8 nafar yo‘lovchi, jumladan meksikalik futbol ishqibozlarini avtomashinasida bosib ketgani katta shov-shuvni keltirib chiqargan edi.

9 sentabr tongida 11 kishini o‘zining taksisida qasddan bosib ketganlikda ayblanib asli qirg‘izistonlik Bekjan Sarbishev hisbga olingandi.

XS
SM
MD
LG